Glossary PIRLS - boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash;
TIMSS - 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash;
TALIS - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish;
PISA - 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
EGRA va EGMAesa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi va yondashuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi.
KOMPETENSIYA (lot.competens — mos, mos, mos, qobiliyatli, bilimdon) — har qanday sohada har tomonlama bilimga ega boʻlgan va shuning uchun fikri salmoqli, obroʻli boʻlgan shaxs sifati; Kompetentsiya - mavzuni bilish bilan bog'liq muammolarni hal qilishga potentsial tayyorlik; mazmuni (bilim) va protsessual (mahorat) komponentlarini o'z ichiga oladi
Xulosa Demak, Respublikamizning har bir hududida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida Prezident maktablari ochiladi, ular TALIS dasturida o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, TALIS an’anaviy o‘qitishga muqobil yondashuv hisoblanadi. Bunda bolalar Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika)ni fanlararo bog‘lanishlar va amaliy yondashuvga asoslangan holda o‘rganadilar. TALIS o‘quvchilarning loyiha va o‘quv-tadqiqot faoliyatini maktabda va maktabdan tashqarida amalga oshirilishi imkonini beradi.
TALIS ta’limi Amerikada ishlab chiqilgan. Ayrim maktablar o‘z bitiruvchilarining keyingi faoliyatini kuzatib, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik mahorati, matematika fanlarini integratsiyalashga qaror qilishdi, shunday qilib, STEM (Science, Technique, Engineering and Math) tizimi yuzaga keldi. Keyinchalik unga san’at (Art) qo‘shildi, endilikda TALIS oxirigacha shakllandi. O‘qituvchilarning fikricha, bu fanlardan egallangan bilimlar o‘quvchilarning kelajakda yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga yordam beradi.
TALIS yondashuvining asosiy g‘oyasi quyidagicha: amaliyot nazariy bilimlar kabi muhimdir. Bunda o‘quvchilar ta’lim jarayonida nafaqat o‘z aqlini, balki qo‘llarini ham ishlatishga majburdirlar. Sinf xonasidagi ta’lim olish jarayoni jadal rivojlanayotgan olam o‘zgarishlaridan ortda qolmoqda. TALIS yondashuvining asosiy xususiyati shundaki, bunda o‘quvchilar ko‘pchilik fanlarni samarali o‘rganishda aqli hamda qo‘llaridan foydalanishadi, bilimlarni mustaqil “egallashadi” O‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotlarida tajribalar o‘tkazishadi, modellarni konstruksiyalaydi, musiqa va filmlarni mustaqil yaratishadi, robotlarni yasashadi, ya’ni o‘z g‘oyalarini amalga oshiradilar va mahsulot yaratishadi.