PIRLS - boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash;
TIMSS - 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash;
TALIS - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish;
PISA - 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
EGRA va EGMAesa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi va yondashuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi240.
Bu loyihalar o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari, egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi.
TIMSS - (Trends in International Mathematics and Science Study) maktabda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Mazkur dastur 4-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi, sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Mazkur dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u dunyodagi maktablarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni, o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘qituvchilarning bilim darajasi, tahsil oluvchilarning oilaviy muhiti bilan bog‘liq omillarni o‘rganadi. Ko‘rsatib o‘tilgan omillar matematika fanlarini o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
PISA va TIMSS o‘rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMSS dasturlarining asosiy farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o‘tkazilishidan iboratdir. Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo‘lsa, TIMSS esa muayyan yoshdagi o‘quvchilarning emas, balki to‘rtinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS baholashlari o‘quv dasturlariga asoslangan bo‘lsa, PISA esa, o‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarini real muammolarni hal qila olishlarini baholashga qaratiladi. TIMSS aynan maktab bilimlarni o‘zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va ko‘nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay olish darajalariga alohida e’tibor qaratadi.
Ta’limdagi bunday o‘zgarishlar o‘quv dasturi va o‘quv adabiyotlari mazmunini o‘zgartirishga undadi. Ona tili, matematika va tabiiy fanlardan PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratildi va o‘quv dasturlariga kiritildi. PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar singdirilgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha qo‘llanma hamda adabiyotlar yaratish va amaliyotga joriy etildi. 5- sinfdan 11-sinfgacha o‘quv darsliklarida buni ko‘rish mumkin. PISA ona tili, matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishning shakl, metod, texnologiyalarini yangilanib o‘qituvchilarning bu boradagi bilimini oshirilmoqda. Bu fanlardan o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratilib, 2019-2021-yillarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazish niyatida. PISA testlaridan ona tili darslarida foydalansa, o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, matn bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish va sinchkovlik talab etiladigan topshiriqlarni qo‘llash o‘quvchining hayotiy va intellektual ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 7-sinf ona tili dasturida berilgan “Biriktiruv bog‘lovchilari” mavzusini o‘tishda o‘qituvchi mavzuni mustahkamlash maqsadida darslikdan tashqari quyidagi matn asosida PISA topshiriqlari tuzishi mumkin:
“Aljabr” matni asosida mantiqiy topshiriqlar:
Riyoziyot olimi al-Xorazmiydan inson haqida so‘rashdi. Olim shunday dedi: -Agar inson yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, u 1 ga teng. -Agar inson husn sohibi bo‘lsa, birning yoniga nolni qo‘shamiz, 10 bo‘ladi. -Agar inson boy bo‘lsa, yana bir nolni qo‘shamiz - 100 bo‘ladi. -Agar nasl-nasabli bo‘lsa, yana bir nolni qo‘shamiz-1000 bo‘ladi. -Agar 1 raqami yo‘q bo‘lib ketsa, insonning qiymati yo‘qqa chiqib, nollarning o‘zi qoladi.
Shuningdek, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotining TALIS (Teaching and Learning International Survey) xalqaro baholash tadqiqotlarida O‘zbekistonning ilk ishtiroki yuzasidan kelishuv imzolash bo‘yicha ham muzokaralar olib borildi.
TALIS o‘qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta’lim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot hisoblanadi. Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o‘qitish va o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta’lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma’lumotlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab o‘qituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o‘z fikrini bildirish imkonini beradi.
Uchrashuv avvalida OECDning TALIS bo‘yicha mas’ul bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Karine Trembley ushbu tadqiqotda ishtirok etish shartlarini tushuntirib berdi.
Tadqiqotda 200 ta maktab, 4000 nafar o‘qituvchi va 200 nafar maktab direktori ishtirok etadi. Ularni tanlash ham PISA tadqiqotlariga o‘xshash bo‘lib, qaysi bosqich o‘qituvchilarini tanlash, nechta tilda so‘rovnomalar o‘tkazilishini belgilash OECD va davlat o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan ko‘zda tutiladi.
Ilgari TALIS tadqiqotlari har 5 yilda o‘tkazilgan bo‘lsa, endi 6 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 2018-yilda o‘tkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan bo‘lib, natijalari 2020-yili mart-aprel oylarida e’lon qilinadi.
Uchrashuv davomida OECD mutasaddilari TALIS tadqiqotlari aynan PISA o‘tkazilgan maktabda bo‘lishi shart emasligi, ularning natijalari alohida chiqarilishi, TALIS tadqiqotidan maqsad ta’lim muassasalaridagi ahvolni, o‘qituvchilarning kompetensiyaviyligini va muammolarini aniqlash ekani, lekin uning natijalari ham personal muhokama qilinmasligi, natijalariga ko‘ra reyting chiqarilmasligini qayd etdi.
Navbatdagi TALIS tadqiqoti 2024-yili o‘tkazilishi rejalashtirilgani va unda ishtirok etish uchun O‘zbekiston hukumati rasman murojaat qilishi lozimligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng shartnoma tuzilib, rasmiylashtirish masalalari ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.
Yakunda ushbu tadqiqotda ishtirok etish bo‘yicha boshqa davlatlar, xususan, 2018-yilda birinchi marta TALIS tadqiqotlarida ishtirok etgan Qozog‘iston tajribasini o‘rganishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun Shanxayda TALIS–2013 natijalariga ko‘ra muallimlar oylik maoshi 10 foiz oshirilgan. Avstraliyada o‘qituvchilarning oliy ta’limdan keyingi tayyorgarligi bo‘yicha yangi dasturlar joriy etilgan, professional standartlar yangilangan. Italiyada “Yaxshi maktab” loyihasi doirasida pedagoglar malakasini oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilib, o‘qituvchilarga haq to‘lash tizimiga o‘zgartirish kiritilgan. Bunda asosiy e’tibor o‘qituvchilar faoliyati samaradorligiga qaratildi. Angliyada maktablar uchun 1 kun (yiliga 3 marta) davom etadigan “qisqa tekshiruvlar” joriy etilib, ushbu holat navbatdagi tadqiqotlarda pedagoglar tomonidan “yaxshi” deb baholangan.
Uchrashuv davomida PISA yoki TALISga tayyorgarlik ko‘rish faqat maktab, o‘quvchilar, o‘qituvchilar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Milliy markaz yoki Xalq ta’limi vazirligi muammosi emasligi, oliy ta’limda kadrlar tayyorlashga hozirdan e’tibor qaratish zarurligi, ushbu talablarga mos ravishda ta’lim kontentini, o‘quv dasturlari, darslik-qo‘llanmalarni takomillashtirish, o‘qituvchilarning, birinchi navbatda, malakasini oshirish, ularga fanlar bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama etildi.
XALQARO TADQIQOTLAR TIZIMI
Konsepsiya bilan tanishgan kishida, tabiiyki, PISA tizimi tadqiqotlari haqida kо‘proq bilish istagi tug‘iladi. Biz bu iboraga ilk bor О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi "Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi qarorida duch kelgandik. Mazkur hujjatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bо‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini tashkil etishga qaror qilinib, uning asosiy vazifalari va faoliyat yо‘nalishlari etib ta’lim tizimida о‘qish, matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yо‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish; ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni о‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va о‘tkazishda ishtirok etish; umumiy о‘rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash; О‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash belgilandi.
О‘z navbatida kelgusida mamlakatimiz ta’lim sifatini baholash bо‘yicha quyidagi xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi kо‘zda tutildi:
- PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) - boshlang‘ich 4-sinf о‘quvchilarining matnni о‘qish va tushunish darajasini baholash;
- TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) - 4 va 8-sinf о‘quvchilarining matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;
- PISA (The Programme for International Student Assessment) - 15 yoshli о‘quvchilarning о‘qish, matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;
- TALIS (The Teaching and Learning International Survey) - umumiy о‘rta ta’lim maktablari rahbarlari va о‘qituvchilari bilan sо‘rovnoma о‘tkazish orqali maktabda о‘qitish va ta’lim olish jarayonlari samaradorligini baholash.
Qayd etish lozim, mamlakatimiz ta’lim muassasalari PISA xalqaro tadqiqotlarida 2021 yilda ilk marotaba ishtirok etadi.
PISA: MUAMMO VA YECHIMLAR
- Ushbu dasturga 1997 yil asos solingan, - deydi Mirishkor tumani xalq ta’limi bо‘limi ta’lim sifati monitoringi bо‘limi inspektor-metodisti Elyor Shoqulov. - Undan kо‘zlangan asosiy maqsad - dunyo bо‘ylab ta’lim tizimi samaradorligini 15 yoshli о‘quvchi-yoshlar 3 yо‘nalishda (о‘qish, matematika, tabiiy fanlar bо‘yicha) savodxonligiga, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, olgan bilimlarini hayotda qо‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu kо‘nikmalarni hosil qilishga undashdan iborat. Dasturni Avstraliya pedagogik tadqiqotlar kengashi, Niderlandiya milliy pedagogika instituti, AQShning Vestat va pedagogik test xizmatlari, shuningdek, Yaponiyaning ta’lim sohasidagi tadqiqotlar milliy instituti hamkorlikda о‘tkazadi. Dasturni joriy etish g‘oyasi ish beruvchilarning tashabbusi bilan ilgari surilgan. 2018 yilda PISA dasturida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo 35 mamlakat, a’zo bо‘lmagan 43 ta, jami 78 mamlakat va shaharlar ishtirok etgan. Har bir davlatdan ishtirok etuvchi о‘quvchilar soni mamlakatdagi jami 15 yoshli о‘quvchi-yoshlarning 2 foizi miqdorida saylanma tarzda shakllantiriladi. Shundan kelib chiqilganda har bir davlatdan 4500 nafardan 10 ming nafargacha о‘quvchi ishtirok etgan. Sobiq ittifoq mamlakatlaridan Rossiya, Latviya, Litva, Estoniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston qatnashdi. Ular orasidagi eng yaxshi kо‘rsatkich estoniyalik о‘quvchilarga tegishli, garchi mazkur mamlakat yoshlari ilk marotaba ishtirok qilgan 2006 yilda 516 ball jamg‘arib, 11-о‘rinni egallagan bо‘lsa-da, 2015 yilda bu kо‘rsatkich tegishli tartibda 534 ball va uchinchi о‘ringa kо‘tarildi.
Ma’lum bо‘ldiki, 2015 yilgi tadqiqotlardan keyin dunyo bо‘yicha birinchi, ikkinchi va tо‘rtinchi о‘rinlarni qit’adoshlarimiz - Singapur, Yaponiya va Xitoy Taypeyi о‘quvchi-yoshlari egallagan. PISA xalqaro baholash dasturi testlari uch yilda bir marotaba о‘tkazilib, о‘quvchilar bilimi uchta asosiy yо‘nalish bо‘yicha, 1000 ballik tizimda baholanadi. Har galgi monitoring jarayonida yuqorida sanalgan uchta yо‘nalishdan biriga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, 2000 yilda tadqiqotning asosiy yо‘nalishi о‘qish savodxonligiga, 2003 yil matematik savodxonlikka, 2006 yilda esa tabiiy fanlar savodxonligiga qaratilgan. Bu holat davriy takror bо‘lishini inobatga olganda, 2021 yil asosiy fan qilib matematika tanlanishi ayon bо‘ladi. Test savollari dasturga a’zo mamlakatlarning mutaxassislari bilan kelishilgan holda xalqaro konsultantlar guruhi tomonidan tuziladi.
Shu nuqtai nazardan qaralganda, mamlakatimiz ta’lim tizimi xodimlari oldida turgan asosiy muammolar nimalardan iborat?
Birinchisi - о‘quvchilarning bilim darajasidagi nuqsonlar. Joriy yil mamlakatimiz 1035 ta maktabda о‘tkazilgan monitoring natijalariga kо‘ra о‘quvchilarning о‘rtacha о‘zlashtirishi 70 foizni, sifat kо‘rsatkichi 44,8 foizni tashkil etgan, xolos. Matematika fanidan bu kо‘rsatkich yanada past ekanligi aniqlangan.
Ikkinchisi - bizda mavjud darsliklarda PISA topshiriqlariga о‘xshash masala va misollarning kamligi. PISA topshiriqlari esa odatda uzundan-uzun matnlar yordamida tasvirlanib, ulardagi real vaziyat va muammolarni hal qilish usulini tanlash uchun matematikaning qaysi bо‘limiga murojaat qilish haqida kо‘rsatmalar yо‘q. PISA topshiriqlari (matnli, rasmli, diagramma va jadvallar, real bog‘lanish grafikalari) turli shakllarda taklif qilinadi. Ularni matematik tilga о‘girish va yechim topilgandan sо‘ng uni yana real sharoit bilan bog‘lab baholash hamda sharhlash talab qilinadi. Bizdagi matematika darsliklarida standart masalalar beriladi va ular standart usullar yordamida yechiladi.
Bundan kо‘rinib turibdiki, PISA dasturida mantiqiy fikrlash asosiy о‘ringa kо‘tariladi. Masalan, о‘quvchi matnda "aylana" sо‘ziga duch kelinmasa-da, aynan mazkur obyekt haqida sо‘z borayotganini anglab yetishi lozim. Demak, birinchi navbatda matematika darsliklarini о‘quvchi mantiqiy fikrlashiga undaydigan masalalar bilan boyitish vazifasi yuzaga keladi. Shuningdek, bizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilishi, ta’lim 7 tilda olib borilishi ham tarjima masalasida qо‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.
DASTUR BIZGA NEGA KERAK?
- 15 yoshli bolalarning bilim darajasi miqdoriy kо‘rsatkichini adolatli aniqlash va xalqaro miqyos bilan solishtirish imkoni tug‘iladi;
- о‘quvchilarning savodxonligi hamda bilimlarini amaliyotda qо‘llash qobiliyatini rivojlantirish bо‘yicha davlat va nodavlat tashkilotlar hamda ota-onalar hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish amaliyoti kuchayadi;
- umumta’lim maktablarida yaratilgan shart-sharoitlarni baholash yuzasidan miqdoriy kо‘rsatkichlar aniqlanadi.
Shu о‘rinda qayd etish joiz, PISA bо‘yicha о‘quvchilar bilimiga qо‘yilgan bahoning har 50 ballga oshishi yillik yalpi ichki mahsulotning bir foizga о‘sishini ta’minlashi xalqaro tajribalarda kuzatiladi.
Bir sо‘z bilan aytganda, ushbu dastur mamlakatimiz yoshlari intellektual salohiyati yanada oshishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Yaqinda Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tashkiloti vakillari oʻrtasida Oʻzbekistonning 2024-yilgi Taʼlim berish va oʻqitish sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar (TALIS)da qatnashishi masalalariga bagʻishlangan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, inspeksiyaning tegishli boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek uning huzuridagi Milliy markaz jamoasi, hamda OECD tashkilotining TALIS boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Karin Trembley, TALIS analitigi, xalqaro hamkorliklar boshqaruvchisi Sofi Vayssett va Pablo Freyzerlar ishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, TALIS (Teaching and Learning International Survey) oʻqituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi taʼlim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot boʻlib, har 6 yilda oʻtkaziladi. Soʻnggi marta 2018-yilda oʻtkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan boʻlib, natijalari 2020-yilda iyun oyida eʼlon qilingan edi.
Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali oʻqitish va oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan taʼlim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yoʻnalishlarni koʻrib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy maʼlumotlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab oʻqituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro darajada oʻz fikrini bildirish imkonini beradi.
Muhokamalar avvalida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev xorijiy hamkorlarga Oʻzbekiston taʼlim tizimi va pedagog kadrlar faoliyati boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.
— Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil topgan kunlardan boshlab, tizimda sifat koʻrsatkichlarini yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilib kelmoqda, — dedi u. — Shu nuqtai-nazardan sohadagi muammo va yutuqlarimizni va shaffof tarzda aniqlab olish biz uchun juda muhim.
Umuman olganda, TALIS tadqiqotlarini mamlakatimizda oʻtkazish boʻyicha bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Shunday ekan biz uchun bu tizim begona emas. Xususan, soʻnggi yillarda umumtaʼlim maktablari milliy reytingini aniqlashda ham mazkur tizimga moslashtirilgan soʻrovnomalardan muntazam tarzda foydalanib kelyapmiz. Bu orqali qator yutuq va kamchiliklarimizni mamlakat miqyosida aniqlab kelmoqdamiz.
Ushbu tadqiqotning xalqaro miqyosda oʻtkazilishi esa mamlakatimizdagi taʼlim tizimini obyektiv baholab, muammo va kamchiliklarimizni boshqa mamlakatlar bilan solishtirishimizga va kelgusidagi rejalarimizni yana-da aniqroq belgilab olishimizga xizmat qiladi.
"TALIS tadqiqoti oʻqituvchilar va maktab direktorlari oʻrtasida olinadigan soʻrovnomalar orqali taʼlim muassasasidagi boshqaruv muhiti baholanadi. Unda tasodifiylik asosida tanlab olinadigan oʻrtacha 200 ta taʼlim muassasasi, 4000 nafar oʻqituvchi va 200 nafar maktab direktori qatnashishi koʻzda tutilgan. Xalqaro tadqiqotlar natijalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash va olinadigan tahlillarning qamrovini kengaytirish maqsadida PISA tadqiqoti oʻtkaziladigan maktablar bilan bogʻliq holda amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud. Tadqiqotning maqsadi taʼlim muassasalaridagi ahvolni, oʻqituvchilarning faoliyatidagi muammolarni tizimli tahlil qilib, natijalarni individual tarzda emas, balki reprezentativlik tamoyili asosida davlatlar va xalqaro miqyosda solishtirma tahlillar olib boriladi.
Shuningdek, 2024-yildagi tadqiqotlarda OECD tomonidan faqatgina maktab oʻqituvchi va direktorlari emas, balki uning qamrov darajasini maktabgacha va oliy taʼlim tizimiga ham taʼminlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari, oʻqituvchilarning pedagogik salohiyatini ham baholash modullari tanlov asosida kiritilganligi tadqiqotning yangi davriyligidagi oʻziga xosliklarda biridir, lekin bu ishtirokchi davlatlarning tanloviga bogʻliq" — deyiladi OECD vakilining taqdimotida.
Shuni taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim muassasalarining ushbu nufuzli xalqaro TALIS tadqiqotida ishtirok etish masalasi hukumatning 2018-yildagi qarorida belgilangan boʻlib, ushbu tadqiqotda qatnashish boʻyicha Taʼlim inspeksiyasi va OECD oʻrtasida bir necha marta olib borilgan uchrashuvlar natijasida, tadqiqotda qatnashish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilgan edi. Tadqiqotda ishtirok etish boʻyicha moliyaviy masalalar esa inspeksiya va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihada koʻzda tutilgan.
Inspeksiya va OECD oʻrtasida boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuv tadqiqotda ishtirok etish yoʻnalishlari va modellari borasida olib borilgan muhokamalarning mantiqiy davomi boʻlib, tomonlar oʻrtasidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, muhokamalar yakuniga koʻra, koʻtarilgan masalalar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan hamkorlik muntazam davom ettiriladi.
Maʼlumot uchun, Shanxayda TALIS-2013 natijalariga koʻra oʻqituvchilar oylik maoshi 10 foizga oshirilgan. Avstraliyada oʻqituvchilarni oliy taʼlimdan keyingi tayyorgarligi boʻyicha yangi dasturlar joriy etilgan, professional standartlar yangilangan. Italiyada “Yaxshi maktab” loyihasi doirasida oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratilib, oʻqituvchilarga haq toʻlash tizimiga oʻzgartirish kiritgan bunda asosiy eʼtibor oʻqituvchilar faoliyat samaradorligiga qaratildi. Angliyada maktablar uchun 1 kun (yiliga 3-marta) davom etadigan “qisqa tekshiruvlar” joriy etilib, ushbu holat navbatdagi tadqiqotlarda pedagoglar tomonidan “yaxshi” deb baholangan.