Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar Ta’lim oluvchilar; ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslarini;
biologiya fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni; zamonaviy ta’lim vositalaridan samarali foydalanish yo‘llarini, garbalogiya fanini o‘qitishda qo‘yiladigan hozirgi zamon talablarini bilishi; TIMSS, PISA xalqaro tadqiqotlarida tabiiy fanlar savodxonligi yo‘nalishida o‘tgan yillarda foydalanilgan savollardan o‘quv jarayonida foydalanish; o‘qitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va o‘quvchilarga yetkazish ko‘nikmalariga;
biologiya fanini o‘qitishda innovatsiyalarni qo‘llash; biologiya darslariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar asosida darslarni tashkil etish malakalarign;
zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish; biologiya fani nazariyasi va uni o‘qitish metodikasi yutuqlari, fanning texnika va ishlab chiqarishga qo‘llanishi bo‘yicha tadqiqotlardan xabardor bo‘lish kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.
I.BOB. Biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim vositalaridan samarali foydalanish 1.1. Biologiya fanini o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalar
Biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim vositalaridan samarali foydalanish fani nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
Nazariy mashg‘ulotlarda biologiya fanini o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar haqida ma’lumotlar beriladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda biologiyani o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarning qo‘llanishi, zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanish usullari o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, test so‘rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interfaol ta’lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Fanning mazmuni o‘quv rejadagi “Biologik ta’lim-tarbiyada zamonaviy texnologiyalari va innovatsiyalar”, “Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash” , “Biologiya fanini o‘qitish metodikasi” moduli bilan uzviy bog‘langan holda o‘qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
Mazkur fan “O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayonlarining huquqiy-meyoriy asoslari”, “Ta’lim-tarbiya texnologiyalari va pedagogik mahorat” va “Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash” bloklaridan keyin o‘rganiladi. Unda yuqoridagi bloklarda o‘rganilgan mazmun yo‘nalishlari va uslubiy jihatlarini biologiya faniga tatbiq etish imkoniyatlari ochib beriladi. Biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim vositalaridan samarali foydalanishni o‘rgatish hamda amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ta’lim samaradorligini ta’minlash bilan birga atrof muxit muxofazasi va tabiat uni asrash ma’suligini shakillantirishdan iborat.
Rivojlangan xorijiy davlatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Shvetsiya va b. )ning biologiya ta’limi mazmuni. STEAM ta’limi mazmun-mohiyati.
O‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlar
Tabiiy fanlar yo‘nalishida o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlar: TIMSS, PISA.
TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy fanlardan jumladan biologiya, ekologiya fanidan egallagan bilimlari sifatining xalqaro monitoring tadqiqoti, uning mazmun-mohiyati.
PISA (Programme for International Student Assessment) 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, tabiiy fanlardan savodxonligini baholash xalqaro dasturining mazmun-mohiyati.
Biologiya fani taraqqiyoti tendensiyalari va innovatsiyalar (2 soat)
Biologiya fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari, garbalogiya fanidan o‘quv dasturi sharhi.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarida tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari.
“Smart education” va uning imkoniyatlari
Biologiya fanini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni. Biologiya fanini o‘qitishda ta’lim samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan elektron resurslar: web resurslar, o‘rgatuvchi tizimlar (dasturlar), multimedia ilovalaridan foydalanishning ahamiyati.
“Smart education” tushunchasi, mazmun-mohiyati, imkoniyatlari.
Rivojlangan xorijiy davlatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Shvetsiya va b. )ning biologiya ta’limi mazmuni. STEAM ta’limi mazmun-mohiyati.
O‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlar (TIMSS, PISA) da tabiiy fanlar savodxonligi yo‘nalishida o‘tgan yillarda
foydalanilgan savollar mazmunini o‘rganib chiqib, tahlil qilish va o‘quv jarayonida qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash.