Biologiya fanini o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuv Biologiya fanidan Davlat ta’lim standartlari va biologiya fanidan o‘quv dasturi sharhi.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish.
Biologiya fanidan Davlat ta’lim standartlari va biologiya fanidan o‘quv dasturi
“Standart” so‘zi inglizcha bo‘lib, “nusxa, o‘lcham, meyor” degan ma’nolarni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari qabul qilindi. Davlat ta’lim standartlari 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi belgilangan.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti 1-ilovaga muvofiq; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti 2-ilovaga muvofiq; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari 3ilovaga muvofiq; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan o‘quv- metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar 5ilovaga muvofiq tasdiqlangan.
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti 6 ta bob, 22 banddan iborat: 1-bob. Asosiy qoidalar; 2-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari; 3-bob. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari; 4-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlari; 5-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini joriy etish tartibi; 6-bob. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-