Бухоро давлат университети


O’quvchilarga qo’yilgan talablar



Yüklə 278 Kb.
səhifə4/9
tarix29.01.2023
ölçüsü278 Kb.
#81587
1   2   3   4   5   6   7   8   9
уУРАЗБАЕВ мУРТАБЕК

O’quvchilarga qo’yilgan talablar;
1. 30 metrga yugurish: 4,8-5,0 -5,2 soniya.
2. turgan joydan o’zunlikka sakrash: 180-170-155 sm.
3. 30 metrga to’pni olib yurish bilan yugurish: 6,0-6,2-6,6 soniya.
4. To’p bilan oyoqda janglyor qilish: 12-10-8 marta.
5. To’pni chap va o’ng oyoqda tepish. Ularning yig’indisi 55-50-45 metrga teng bo’lishi kerak.
Uyda beriladigan topshiriqlar:

  1. Ertalabgi gigiyenik gimnastika.

  2. 13 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.

  3. Tugan joyda arg’amchida 90 marta sakrash.

  4. 4x10 metrga mokkisimon yugurish (2-3 daqiqa dam olish bilan 3-4 marta yugurish)

  5. To’p bilan oyoqda va boshda janglyorlikni bajarish.

  6. To’pni oyoqda oz vaqtida va aniq tepishni bilish (devorga, nishonga, sherigiga)

  7. O’rindiqqa tayanib yotgan holdaqo’llarni bukish va yozish (20-30 marta)

Bundan ko’rinib turibdiki, ushbu dasturda jismoniy madaniyat darslarida futbolning o’rni va ahamiyatga alohida e’tibor qaratilgan. Albatta, futbolni chuqur o’rganish uchun bir qator jismoniy mashqlarni bajarish talab etiladi. Buning natijasida o’quvchilarda futbolga nisbatan qiziqish ortadi, ularning chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, kuch va egiluvchanlik darajalari rivojlanadi.
Bugungi kunda respublikamizda jismoniy tarbiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Ju jumladan, umumiy o’rta ta’lim maktablari jismoniy madaniyat fani o’qituvchilari o’z kasblariga oid quyidagi holatlarni bilishlari zarur:

  • jahonda jismoniy madaniyat va sportning rivojlanish tarixi, uning O’zbekiston Respublikasidagi jismoniy madaniyat va sportning rivojlanishi bilan bog’liqligi va unga ta’siri;

  • jismoniy mashqlarning davolash ta’siri mexanizmi;

  • kasallanish sabablari, atrof - muhit bilan munosabatda, organizmning yosh xususiyatlari va uning funksiyalari, umumiy gigiyena asoslari;

  • maktab o’quvchilari orasida jismoniy madaniyat va madaniyatni tashviqot va targ’ibot qilish to’g’risida tasavvurga ega bo’lish;

  • harakat faoliyatining metodi va prinsiplari;

  • mahalliy an’analarni va urf-odatlarni, iqlim sharoitni hisobga olgan holda o’quv ishlarining ommaviy shakli, sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar;

  • mashg’ulotlarda jismoniy mashqlarni tashkil qilish metodlari;

  • jismoniy mashqlarning nostandart shakllari, moslashtirish va har xil nostandart inshootlardan foydalanish;

  • milliy sport harakatli o’yinlaridan foydalanish;

  • o’spirinlar salomatlik holatining jismoniy tayyorgarligi, yoshini hisobga olgan holda jismoniy mashqlarni me’yorlash;

  • jismoniy madaniyat ishlarini takomillashtirishiga yo’naltirilgan o’quv tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish;

  • jismoniy mashqlar va sport mashg’ulotlariga motivatsiyani shakllantirish va shug’ullanuvchilar orasida tashviqot va targ’ibot ishlarini olib borish;

  • tabiiy sog’lomlashtirish kuchlari (suv, havo, quyosh) vositalarida chiniqtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash;

  • jismoniy madaniyat mashg’uloti jarayonida jismoniy madaniyatni shakllantirish;

  • jismoniy mashqlar gigiyenasi: yoshi, jinsiga qarab mashqlarni tanlash;

  • Vatanni sevish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismoniy madaniyat tarixini egallash;

  • gimnastikaga o’rgatish metodlari, gimnastika bilan muntazam shug’ullanish ko’nikma va malakalarini shakllantirish;

  • milliy sport turlarini, o’yinlarning mohiyati va ularni o’quvchi yoshlar o’rtasida amalga oshirish;

  • sport musobaqalarida arbitrlik qilish;

  • o’lkashunos-sayyohlik ishi, jamoa bilan sayr tashkil qilishni bilishi va undan foydalana olishi;

  • jismoniy madaniyat bo’yicha o’quv va sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish va tashkil etish;

  • jismoniy mashqlarni bajarish taktikasi, texnikasini, harakat malakalariga o’rgatish metodlari;

  • maxsus vositalarni tanlash va ulardan foydalanish;

  • o’quvchilar bilan individual va mustaqil mashg’ulotlarni tashkil qilish;

  • turar joylarida va maktabda sog’lomlashtirish ommaviy-sport tadbirlarini o’tkazish;

  • maxsus tibbiy guruhlarga o’tkazilgan o’quvchilar bilan jismoniy madaniyat mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish;

  • jismoniy mashqlarining noan’anaviy usullarda tashkil qilish;

  • sport kechalari va bayramlarini tashkil qilish, o’tkazish;

  • ommaviy musobaqalar o’tkazish, tashkil qilish;

  • sog’lomlashtirish kuni o’tkazishni tashkil qilish va katta musobaqalarda qatnashish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.

Biz o’z ishlanishlarimiz jarayonida Navoiy shahridagi jismoniy madaniyat darslarini kuzatdik. Jumladan, Navoiy shahridagi 11-12-umumiy o’rta ta’lim maktabida 8- sinflar bilan jismoniy madaniyat darsida tashkil etilgan “Futbol. Guruxli taktika bilan tanishish, to’pni o’zatishlar” mavzusidagi dars jarayonini kuzatdik.
Ushbu darsni maktab jismoniy madaniyat o’qituvchisi N.Usmonova o’tkazdi. Darsda jami 28 nafar o’quvchilar ishtirok etdilar. Quyida biz mana shu uyushtirilgan dars ishlanmasini bayon qilamiz.



Yüklə 278 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin