Бухоро давлат университети



Yüklə 278 Kb.
səhifə3/9
tarix29.01.2023
ölçüsü278 Kb.
#81587
1   2   3   4   5   6   7   8   9
уУРАЗБАЕВ мУРТАБЕК

II. ASOSIY QISM
2.1. Jismoniy madaniyat darslarida ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llashning amaliyotdagi holati
Avvalo jismoniy madaniyat darslarida ta`lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish haqida fikr yuritar ekanmiz, peddagogik texnologiya atamasining mazmun-mohiyatini chuqur tahlil qilishimiz kerak. Pedagogik atamalar lug’atida pedagogik texnika va pedagogik texnologiyalar atamalariga quyidagicha ta’rif berilgan: Pedagogik texnika - uzluksiz rivojlantirish pedagoglarning ichki faoliyatidan kelib chiqadigan o’z mahoratini ifodalay olish qobiliyatidir.
Pedagogik texnologiya - a) o’quv faoliyatini oqilona tashkil etish va jihozlash; b) imkon qadar ozroq vaqt sarflab, ta’lim natijasini kafolatlaydigan izchil pedagogik tizim; v) pedagogik muammolarni metodologik darajada hal etishga imkon beruvchi pedagogik hodisa; g) o’quv jarayonini to’liq boshqarish imkonini beradigan tizimli tafakkur usulini pedagogik amaliyotga tatbiq etish shakli; d) pedagogik maqsadga erishishni kafolatlaydigan xarakatlarning izchil tizimi.
Bizning tadqiqotimiz bevosita jismoniy madaniyat darslarida, xususan futbol o’yinlarini tashkil etish jarayonida pedagogik texnologiyalaridan qay tarzda foydalanilmoqda, degan savolga javob izlashdan iborat. Shuning uchun biz O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Jismoniy madaniyat fanidan pedagogik texnologiya optimallashtirilgan Davlat ta’lim standarti va umumiy o’rta ta’lim maktabining o’quv dasturiga murojaat qildik.
Mazkur o’quv dasturga asosan maktablarda jismoniy madaniyat darslariga 68 soat ajratilgan bo’lib, shundan 12 soat futbolga ajratiladi. Masalan, 8 sinf o’quvchilari quyidagilarni bilishlari lozim:
Nazariy ma’lumotlar: futbolda irodaviy va pisixologik tayorgarlikning ahamiyati. Tamaki va spirtli ichimliklarni istemol qilishning zarari. Futbol o’yinining taktikasi. Sherigiga to’pni o’zatish. O’yin qoidalari; to’p o’yinda va o’yindan tashqari holatda, “o’yindan tashqari” holat

Yüklə 278 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin