Бухоро давлат университети



Yüklə 278 Kb.
səhifə1/9
tarix29.01.2023
ölçüsü278 Kb.
#81587
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
уУРАЗБАЕВ мУРТАБЕК



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI

JISMONIY MADANIYAT KAFEDRASI


Jismoniy madaniyat ta’lim tarbiya jarayonida bosqichma- bosqich pedagogik tamoyillarni joriy etishning ahamiyati.


Bajardi: Jismoniy madaniyat fakulteti
4 kurs V guruhi talabasi
Isomiddinov Muso Hamza o’g’li


Tekshirdi: katta o`qituvchi Cho`liyev A.Q.

Navoiy-2020


REJA:
Kirish

1.1. Jismoniy madaniyat darslarida ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash dolzarb pedagogik muammo sifatida


II. ASOSIY QISM

2.1. Jismoniy madaniyat darslarida ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llashning amaliyotdagi holati


2.2. Jismoniy madaniyat darslarida ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash mazmuni

XULOSA
ADABIYOTLAR


KIRISH
Dolzarbligi:.Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab jamiyatda har tomonlama sog’lom, barkamol yoshlarni shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va butun ta’lim tizimining islohoti haqida «… xayotimizni xal etuvchi muxim masalalar katorida ta’lim-madaniyat tizimini tubdan o’zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasida kutarish, barkamol avlodimiz kelajagiga daxldor qonun loyihalari ham bor», - deb ta’kidlagan edi.
Shaxsning o’qimishliligi va uning yaratuvchanlik malakasi milliy dasturni amalga oshirishning asosiy natijasi bulmogi darkor. Prezidentimiz milliy dastur to’g’risidagi o’z nutqida: «Faqatgina chinakkam ma’rifatli odam inson kadrini, millat kadriyatlarini, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jaxon xamjamiyatida o’ziga munosib obruli o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin» - deb takidlagandi. O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risidagi» Qonunlari oilaning yangi avlod oldidagi maktabgacha ta’lim-tarbiyadan boshlab oliy professional ta’lim bilan nihoyalanuvchi burchlarining bajarilishini davlat tomonidan kafolatlaydi. Oila va ta’lim tuzulmasi o’rtasidagi o’zaro hamjihatlikning asosiy maksadi barkamol avlodni yetishtirishdir.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”1 asarida ham barkamol shaxs (avlod) tarbiyalashda bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma’rifat, jismoniy madaniyat va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim.
Va nixoyat, shu soxalarda ishlayotgan kadrlar masalasiga alohida e’tibor qaratish zarur. O’qituvchilar, shifokorlar, madaniy okartuv muassasalari va boshka soxalardagi kuplab mutaxasislar – chinakkam ziyolilardir. Yana bir dolzarb vazifa- o’sib kelayotgan avlodga, uning manaviy va jismoniy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasidir. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan olib borilayotgan maqsadli siyosati tufayli, sohalar orasida sportga berilayotgan e’tibor juda katta ahamiyat kasb etmoqda. Buni isboti sifatida hukumatimizning «Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risida»gi (1997 yil 17 may) qarori, «Sog’lom avlod uchun» dasturi, O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining to’zilishi (2002 yil 24 oktyabr 3154-sonli), «O’zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1996 y.), Prezidentning “Bolalar sporti obektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qo’shimcha chora tadbirlari to’g’risida”gi (2010yil 6 may) qarorlari sportni rivojlantirishga ulkan yo’llar ochmoqda. 2000 yil “Sog’lom avlod yili”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 31 oktyabrdagi “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” gi 374-sonli qarorining qabul qilinishi, 2010 yil esa ”Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinishi va boshqa bir qator xukumat qarorlari sport harakatini rivojlantirishga nihoyatdakatta hissa qo’shmoqda. Bunday qaror va farmonlarning qabul qilinishidan asosiy maqsad, har tomonlama, jismonan, ruxan va ma’nan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash hamda respublikaning eng chekka hududlari qishloqlar, mahallalardagi bolalarni jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanishlari, bo’sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o’tkazish bilan birgalikda, sog’lom turmush tarzini yaratilishi maqsadlarimizga erishishimiz uchun asos bo’ladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh g’oyasi komil inson va malakali mutaxassisni tayyorlab voyaga yetkazishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov umummilliy g’oya haqida to’xtalar ekan, o’z ma’ro’zalarida komil insonni tarbiyalash masalasini davlat siyosatining ustuvor g’oyasi deb e’lon qilinganligini, komil inson degandai biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunishimiz keraqligini bir necha bor ta’kidlab o’tgan. Darhaqiqat, komil inson shaxsida mujassamlanishi lozim bo’lgan sifatlar sirasiga ilmiy bilimlar va mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o’zlashtirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar, ularning xizmatidan foydalana olish kabi holatlarning namoyon bo’lishi malakali mutaxassisni tayyorlash borasidagi ijtimoiy zaruriyat mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
O’quv jarayonini yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etish esa o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, shuningdek, hayotiy tajribalariga tayangan holda o’quv dasturida o’z ifodasini topgan mavzularning ma’lum andozalarda aks ettirilishi, kichik guruhlar asosida fan mazmuni muayyan qismlarining puxta o’zlashtirilishiga yordam beradi. Noan’anaviy shaklda tashkil etilayotgan darslar o’quvchilarni jamoa hamda guruh ishtirokida faoliyat kursatish ko’nikmalarini shakllantirish bilan birga o’zgalar fikrini tinglash, o’zining mustaqil qarashlarini ilgari surish, ularni dalillash, mavzu yuzasidan bildirilayotgan fikrlarni umumlashtirish, ular orasidan eng muhimlarini tanlab olish, shuningdek, yakuniy xulosaga kelish imkoniyati yaratiladiki, buning natijasida o’quvchilarda o’quv materiallarini o’zlashtirishga bo’lgan qiziqish va ehtiyoj yuzaga keladi hamda rivojlanib boradi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, biz “Jismoniy madaniyat darslarida ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llanilishi” deb nomlangan bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanladik hamda bir qator ilmiy-pedagogik materiallarni to’pladik.

Yüklə 278 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin