Bronxial astma, plevrit kasalligi, yurak yetishmovchiligi, kollaps va shokda birinchi yordam ko'rsatish



Yüklə 27,24 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü27,24 Kb.
#186492
1   2   3   4   5
BRONXLAR JOYLASHISHI TUZILISHI FIZIOLOGIYASI VA PATOLOGIYASI

Davolash va progilaktikasi. Kasallik xurujlari oralaridagi davrda davo keyingi xurujning oldini olishga qaratiladi. Xuruj qilganda hamshira, shifokor kelguncha bemor ahvolini yaxshilash choralarini ko’rishi, kiyimboshni yechishi, xona havosini yengillatib turishi, bemorni tinchlantirishi lozim. Kasallik xuruj qilganda turli bemorlarga turlicha davo choralari ko’riladi. Aksariyat hollarda teri ostiga adrenalin (0,1% li eritmasida 0,3-0,7ml) yuborish yaxshi natija beradi. Ba’zi bemorlar teri ostiga 5% li efedrin eritmasidan 1ml inyeksiya qilinadi. Efedin bilan adrenalin eritmasi qo’shib yuborilsa, ta’sir kuchi uzoq muddat saqlanadi. Bundan tashqari kasallik xurujini bartaraf etish uchun venaga 2,4% li eufillin eritmasidan 7-10ml yuboriladi. Ko’pincha dorilarni ingalyatsiya orqali berish yaxshi natija beradi: sambutamol, berotik, berodual, terbutalin, fenoterol har 3-5 soatda aksariyat salmeterol, formoterol har 12 soatda ishlatiladi. Ba’zi paytlarda ishlatiladigan gormonlar kortikosteroidlar (ingalyatsiya, ichish yoki venaga yuborish usullari) bronxial astma kasalligini og’irlik bosqichiga qarab(1-2-3-4 va 5 bosqichiga) bo’linadi.
Kasallik xurujlari oralarida bemor hayotini tartibga solish va nerv tizimini mustahkamlash uchun suv muolajalari, psixoterapiya, nafas gimnastikasi buyuriladi. Bundan tashqari, bemorni davolashda AKTG kortizon, prednizolin, astmatol, antastman, dimedrol kabi dorilar hamda, 10% li kalsiy eritmasi ishlatiladi. Ayrim hollarda kasallik xurujini kamaytirish maqsadida bemorning iqlim sharoitini o’zgartirish katta ahamiyatga ega.
PLEVRIT
Bu plevra pardasining yallig’lanishidir. Belgilariga qarab, quruq va ekssudatli bo’ladi.
Etiologiyasi va patogenezi. Aksariyat plevrit o’pka sili, zotiljam, revmatizm, shikastlanish, shuningdek, o’pkaning gemorragik infarkti, uremiya oqibatida paydo bo’ladi.
Quruq plevrit. Belgilari: kasallik to’satdan boshlanadi. Biqin sanchib og’riydi; yo’talganda va qimirlaganda og’riq zo’rayadi. Shu boisdan bemor kasal tomoniga yonboshlab yotishga majbur bo’ladi. Uning tinkasi quriydi, o’zini noxush sezadi, ishtahasi yo’qoladi, kechalari ko’p terlaydi. O’pka auskultatsiya qilinganda plevrada ishqalanish shovqinni bemalol sezadi. Bemor obyektiv tekshirilganda kasallangan tomonning nafas olishdan ortda qolganligi kuzatiladi. Plevritda ko’pincha ko’krak qafasi og’rib, yelka va qo’ltiqqa, ba’zan qoringa tarqaladi. O’pkadagi og’riqdan tashqari, bemorni quruq yo’tal bezovta qiladi. Tana harorati ko’pincha subfebril, ba’zan yuqori (38-390) bo’ladi. isitma yurak faoliyatining tezlashuvi va ko’p terlash bilan birga kuzatiladi.
Quruq plevrit bilan o’grigan bemor rentgenda tekshirilganda bir xil kattalikdagi qorong’ulik ko’rinadi. Diafragmaning zararlangan tomonning harakatlanishi orqada qoladi. Bemor 1-2 haftadan so’ng sog’ayib ketadi. Kasallik ba’zan uzoq davom etishi mumkin.
Davolash. Bemor tanani harorati tushguncha o’rinda yotishi zarur. Ko’krak qafasining og’riq paydo bo’lgan tomoniga gorchichnik isituvchi kompress qo’yiladi. Og’riqni qoldirish va yo’talni pasaytirish maqsadida kodein yoki dionin beriladi. Salitsiltlar, butadion va piramidon buyuriladi. Shuni unutmaslik kerakki, quruq plevrit ko’pincha o’pka siliga aylanishi mumkin. Shunga ko’ra, bunday bemorlar dispanser nazoratida bo’ladi va streptomitsin PASK bilan davolanadi.

Yüklə 27,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin