Bronxial astma, plevrit kasalligi, yurak yetishmovchiligi, kollaps va shokda birinchi yordam ko'rsatish



Yüklə 27,24 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü27,24 Kb.
#186492
1   2   3   4   5
BRONXLAR JOYLASHISHI TUZILISHI FIZIOLOGIYASI VA PATOLOGIYASI

Eussudatli plevrit. Plevra bo’shlig’ida suyuqlik to’planishi bilan belgilanadi. Ko’pincha bevosita quruq plevritda keyin biqin og’rig’i boshlanadi. Chuqur nafas olganda og’riq ayniqsa seziladi.
Etiologiyasi va patogenezi. Aksariyat sil oqibatida yuzaga keladi. Ba’zan revmatizm ham sabab bo’ladi.
Belgilari. Bemor nafas olganda, og’riq paydo bo’lishi, quruq va og’riqli yo’tal tutishi, isitma chiqishi, loghaslikdan shikoyat qiladi. Kasallik tana harorati ko’tarilishi va et uvishishi bilan boshlanadi. Bu hol 2-3 hafta davom etishi mumkin. Plevra bo’shlig’ida ekssudat ko’payishi natijasida og’riq kamayib, nafas qisishi kuchaya boradi. Ayni vaqtda umumiy darmonsizlik va lohaslik zo’rayadi. Bemor harakatining cheklanganligi kuzatiladi. Qon tekshirilib ko’rilganda, leykositoz miqdorining oshganligi (leykositoz) va EKT tezlashganligi kuzatiladi. Ekssudatli plevrit turlicha kechadi. Kasallikning o’tkir hollari odatda 2-3 haftadan so’ng pasayadi. Ekssudatning so’rilishi, odatda bir ikki oy davom etishi mumkin.
Davolash. Plevraga yig’ilgan ekssudatni shprist yordamida yoki, Poten yoki Leonov uskunasi yordamida tortib olish bemor ahvolini yaxhsilashiga olib keladi.
Plevrani punksiya qilish. Punksiyani orqa-qo’ltiq osti ko’krak chizig’i bo’yicha 8-yoki 9 qovurg’a orasida qilinadi. Igna sanchishga avval punksiya qilishga mo’ljallangan joy va uning atrofi spirt, so’ngra yod bilan yaxshilab dezinfiksiya qilinadi. Bemorni stulga mindirib, yoki karavot chetiga o’tkazib, kasallangan tomondagi qo’lini boshga ko’tarib qo’yiladi. Bunda qovurg’alraro bo’shliqlar kengayib, igna sanchish osonlashadi.
Ekssudatli plevritda bemor o’rinda yotishi va yuqori sifatli oziq mahsulotlari pishirilgan ovqatlar yeyishi kerak. U yotgan palata shamollatib turilishi lozim. Plevrit o’pka sili sababli bo’lsa, bemorga streptomitsin yuborish va PASK ichish buyuriladi. Bunda ham bemor ahvoli yaxshilanmasa, kislorod bilan davolanadi. Bemorga turli xil vitaminlar: B va C vitaminlar buyuriladi.
Plevra bo’shlig’idagi yiringli ekssudat chiqarib tashlanadi. So’ngra bo’shliq sterillangan fiziologik eritma bilan yuvilib, har kuni 200000 TB penitsilin eritmasi yuboriladi. Ayni vaqtda har 3 soatda mushaklar orasiga ham 50000 TB penitsilin inyeksiya qilinadi. Bundan tashqari, streptomitsin, eritromitsin, monomitsin va tetrasiklin kabi antibiotiklar buyuriladi. Konservativ davo choralari yetarli foyda bermasa, jarrohlik usuli bilan davolanadi.

Yüklə 27,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin