Bronxial astma, plevrit kasalligi, yurak yetishmovchiligi, kollaps va shokda birinchi yordam ko'rsatish



Yüklə 27,24 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü27,24 Kb.
#186492
1   2   3   4   5
BRONXLAR JOYLASHISHI TUZILISHI FIZIOLOGIYASI VA PATOLOGIYASI

Etiologiyasi va patogenezi. Kasallikka bronxlar funksiyasi nerv regulyatsiyasining buzilishi sabab bo’ladi. Astma xuruji o’pkani innervatsiya qiluvchi adashgan nerv uchlarining ta’sirlanishi natijasida boshlanadi. Bunda bronxlarning silliq mushaklarida spazma paydo bo’lib, bronxlar kovagining torayishi natijasida nafas olish qiyinlashadi va natijada bo’g’ilishga olib keladi. Allergentlar-tuxum kabi oziq-ovqat mahsulotlari pichan, beda ,gul va uy hayvonlarining yungining hidi, shuningdek zax uyda joylashgan hasharotlar bakteriyalarning parchalanish mahsulotlariga nisbatan organizm sezuvchanligining oshishi bo’g’ilish xurujiga sabab bo’ladi. Ba’zan bronxial astma xuruji allergenlar, masalan burun to’sig’ining qiyshayishi, burundagi poliplar, o’t pufagi va xotin-qizlar jinsiy a’zolarining yallig’lanishi (reflektor ta’sirlanish), nasldan o’tishi va hokazolar ta’sirida ham ro’y berishi mumkin. Bundan tashqari organizmning sovishi, tamaki chekish, tamaki chekilgan xonada ko’p bo’lish, zax xonalar, nam havo, fasl o’zgarishi, atrof-muhitning bosimi o’zgarishi va boshqalar ham astma xurujiga sabab bo’ladi. demak tashqi sabablar tana kurashishligini o’zgartira oladi. Bronxial astmaning rivojlanishida markaziy nerv tizimining faoliyati benihoyat katta. Nerv tizimi bo’sh kishilar astma bilan ko’proq og’riydi. Ba’zan to’satdan qo’rqish, ruhiy kayfiyatlarga berilish, yuqumli kasaliklar oqibatida ham bu kasallik ro’y berishi mumkin.
Belgilari. Bronxial astma xuruji ko’pincha to’satdan boshlanadi. Ba’zan xurujdan ko’krak qisilib, umumiy darmonsizlik seziladi. Kasallik xuruj qilganda bemor nafas olishni yengillashtirish maqsadida o’tiradi va karavot qirrasi yoki biron-bir qattiq narsaga tayanib, mahkam ushlab oladi. Ko’pincha o’tirgan joyidan sakrab turib, deraza oldiga yuguradi. Nafas qisqarish qiyinlashgani uchun bemor rangi o’chib, ko’zlarida qo’rquv alomati ko’rinadi, halloslashi kuchaygani sayin yuzi ko’karadi. Bemorga sinchiklab qaralsa, ko’krak qafasi kattalashganligi bilinadi. Perkussiyada o’pka ustiga auskultatsiyada o’pkadagi nafas tovushlari sustlashib, xushtak ovozini eslatuvchi xirillashni eshitish mumkin. Kasallik xuruji vaqtida gavda harorati o’zgarmaydi. Ba’zan qisqa vaqt isitma ko’tarilishi mumkin. Xuruj davri yarim soatdan 2-3 soatgacha davom etsa (bir necha kun, hatto haftagacha) cho’zilib ketishi mumkin. Xuruj uzoq vaqt davom etsa, bemorning yuzi kerkib, ter bosadi, qo’l oyoqlari sovuydi. Xuruj oxirida yo’tal tutadi, ko’karadi, so’ngra bemor yopishqoq shishasimon balg’am tashlaydi. Xuruj o’tib ketgach, bemor o’zini yaxshi his qila boshlaydi. Odatda astma xuruji dastlab kamroq bo’lib, keyinchalik tez-tez tutib turadi.
Bronxial astmaga tashxis qo’yish qiyin emas: tirik ko’rinishdagi xuruj nafas chiqarish qiyinlashib, bo’g’ilish, balg’amda Krushman spirallari, Sharko-Leyden kristallari bo’lishi, qonda eozinofillar ko’payishi kuzatiladi, allergenlar bilan muloqotda bo’lish kasallikka aniq tashxis qo’yishga asos bo’ladigan belgilardir.

Yüklə 27,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin