100
Ushbu muammolar bo‘yicha manzilli ish olib borish uchun mutlaqo yangi tizim –
“ayollar daftari”ni joriy etdik.
Keyingi 3 oyda respublika komissiyasi tomonidan ushbu “daftar”ga
kiritilgan 80 ming nafar xotin-qizning muammolari hal etildi. Ijtimoiy himoyaga
muhtoj, turmush sharoiti og‘ir ayollarning 32 ming nafari ish bilan ta’minlandi.
Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan salkam 17 ming nafar
xotin-qizga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Birgina “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 126 mingga yaqin
ayollarga imtiyozli kreditlar berildi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun
qariyb 215 ming oilaga 6 trillion so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratildi.
Qariyb 55 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari
tomonidan o‘qitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi.
“Besh muhim tashabbus” doirasida chekka hududlarda tikuvchilik sexlari
tashkil etilib, 10 ming nafar ayollar bandligi ta’minlandi.
Uy-joy sotib olish uchun 1 ming 250 nafar
opa-singillarimizga qariyb
22 milliard so‘mlik boshlang‘ich badallar to‘lab berildi.
Bunday xayrli ishlar joriy yilda ham davom ettiriladi. Men bu borada kuni
kecha yangi qarorni imzoladim. Unga ko‘ra, jamiyatda ayollarimizga bo‘lgan
e’tiborni eng quyi bo‘g‘in – mahallagacha yetkazib, ularni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi yaratilmoqda.
Bundan buyon O‘zbekistonda bironta ham ayol davlat va jamiyatning
e’tiboridan chetda qolmaydi.
Shuningdek, joriy yilda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan ayollar hamda yolg‘iz
onasi qaramog‘ida o‘sgan qizlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida byudjetdan
210 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Boshpanasi bo‘lmagan ayollarni ijara asosida “ijtimoiy uy-joylar” bilan
ta’minlash uchun yana 211 milliard so‘m yo‘naltiramiz. Bundan tashqari,
boquvchisini yo‘qotgan hamda o‘zgalar parvarishiga ehtiyojmand bo‘lgan
xotin-
qizlarga moddiy yordam berish va malakali tibbiy yordamga muhtoj ayollarni
davolash uchun qo‘shimcha ravishda 110 milliard so‘m beriladi.
Shu bilan birga, ayollar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish,
tadbirkorlik sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun byudjetdan
qo‘shimcha ravishda 600 milliard so‘m ajratiladi.
Yana bir muhim masala. Keyingi paytda unib-o‘sib kelayotgan
farzandlarimiz tarbiyasiga, umuman, oila institutiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan
oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha samarali ish olib borilmoqda. Buni
mahalla faollari va jamoatchilikning sa’y-harakatlari bilan ajralish yoqasiga kelib
qolgan 23 mingga yaqin oila yarashtirilgani, ajrimlar soni 3
mingdan ziyodga
kamaygani ham ko‘rsatib turibdi. Lekin bir achchiq haqiqatni tan olishimiz kerak:
101
bu raqamlar hamon yuqori bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yili 28 mingdan ziyod oila
ajralib ketgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Albatta, barchamizning istagimiz, tilagimiz bitta: qani edi, yurtimizda ajrim
degan noxush holatning o‘zi bo‘lmasa, oilalar parokanda, bolalar tirik yetim
bo‘lib, sarson-sargardon bo‘lmasa.
Men bir fikrni qayta-qayta aytishdan charchamayman.
Oila – bu mehr va baxt qo‘rg‘oni. Oila bor ekan,
farzand degan bebaho
ne’mat bor, insoniy qadr-qimmat va ma’naviyat bor. Oilaviy baxt bu – eng ulug‘
saodatdir. Mashhur qo‘shiqlardan birida aytilganidek, “Uyida baxti borlar – har
yerda baxtiyordir”.
Men aziz yigit-qizlarimizga murojaat qilib aytmoqchiman: turmush
qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur mas’uliyat bilan qarang. Bu
masalaga yuzaki yondashib, ham o‘zingiz, ham o‘zga bir inson hayotini xavf
ostiga qo‘ymang.
Men bu borada ko‘pni ko‘rgan mahalla faollari, muhtaram faxriylarimiz,
kayvonilar, ma’naviyatimiz
va dinimiz fidoyilari, o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘lib
kelayotgan yoshlarimiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladilar, deb
ishonaman.
Dostları ilə paylaş: