96
Yettinchidan,
Bosh kotib Antoniu Guterrish Janobi Oliylarining
fuqaroligi
boʻlmagan shaxslar sonini kamaytirish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrish
toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatlaymiz.
Birgina oʻtgan yilning oʻzida 50 ming nafar vatandoshimiz Oʻzbekiston
fuqaroligiga
qabul qilindi, bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi fuqarolikka ega
boʻladi.
Xonimlar va janoblar!
Biz erishgan natijalarimiz
bilan kifoyalanib qolmasdan, bundan buyon
ham
fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonda
soʻz erkinligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni qatʼiy maqsad
qilganmiz.
Shu asnoda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari
toʻgʻrisida kodekslar ishlab chiqilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining din yoki eʼtiqod
erkinligi, sudyalar va
advokatlar mustaqilligi masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachilarining
tavsiyalarini alohida eʼtiborga olganmiz.
Inson huquqlari boʻyicha kengashga Sudyalar
kengashlari faoliyatining
universal prinsiplarini ishlab chiqish masalasini koʻrib chiqishni taklif etamiz.
Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmni joriy
etish
doirasida biz odamning
qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid
boʻlgan
qiynoqlarning har qanday koʻrinishiga bundan buyon ham mutlaqo
yoʻl qoʻymaymiz.
Bunday jinoyatlar qachon sodir etilganidan qatʼi nazar, ular
uchun jazo muqarrardir.
Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya
qilamiz.
Mazkur masalalar yuzasidan hamkorlikda
ishlash maqsadida Qiynoqlar
masalasi boʻyicha maxsus maʼruzachini Oʻzbekistonga taklif etishga tayyorgarlik
koʻryapmiz.
Dostları ilə paylaş: