98
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil
8-martdagi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar!
Hurmatli opa-singillar!
Munis va lobar qizlarim!
Avvalo, siz azizlarni, butun yurtimiz ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar
kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Inson hayoti va jamiyat rivojida
muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning
beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda qiyin vazifa.
Mana shunday qutlug‘ ayyom kunlarida siz, azizlarning sha’ningizga
madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi. Bu
yorug‘
dunyoni quyoshsiz, yer-u osmonsiz tasavvur etib bo‘lmaganidek,
hayotimizni ham mo‘’tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizdan ayri holda
tasavvur etolmaymiz.
Sizlar
biz uchun avvalo muqaddas ona, aziz Vatan, oila timsoli,
bitmas-
tuganmas mehr, ezgulik va kuch-g‘ayrat manbaidirsiz. Bu azaliy haqiqatni
murakkab pandemiya sharoitida ayniqsa chuqur his etmoqdamiz.
Sizlar – fidoyi shifokorlar, mehribon hamshiralar ko‘rsatgan
jasorat va
matonat tufayli ming-minglab bemorlar shifo topib, hayot quvonchini yana his
etdi.
Sizlarning ustoz sifatidagi faoliyatingiz evaziga
millionlab farzandlarimiz
ta’lim va tarbiyadan uzilib qolmadi.
Sizlarning
barcha
sohalardagi
fidokorona
mehnatingiz
hisobidan
mamlakatimizning qudrati va salohiyati, xalqaro obro‘-e’tibori tobora ortib
bormoqda.
Bugun biz barcha sohalarda
marrani juda katta olyapmiz, qancha-qancha
ulkan dasturlar, reja va loyihalarni amalga oshiryapmiz.
Ular birinchi navbatda
onalarimiz, opa-singillarimiz, aziz farzandlarimizning hayot va mehnat sharoitini
yaxshilashga qaratilgan.
Fursatdan foydalanib, barchamizga doimo tog‘dek tayanch bo‘lib,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ulkan o‘zgarishlar jarayonida faol
ishtirok etib
kelayotganingiz uchun sizlarga, butun O‘zbekiston xotin-qizlariga
chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Bugungi davramizda ishtirok etayotgan diplomat ayollar – xorijiy
davlatlarning hurmatli elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillarini ham chin dildan
99
qutlab, mamlakatimiz bilan samarali hamkorlik qilib kelayotganlari uchun ularga
samimiy tashakkurimni izhor etaman.
Dostları ilə paylaş: