106
2. Ilmiy manbalar.
NUTQIY HOLAT VA NUTQIY VAZIYAT
Muloqotning tashqi omillaridan biri
nutqiy holat
va
nutqiy vaziyat
dir.
Nutqiy holat
, o‘z navbatida quyidagi
ichki paradigma
larga bo‘linadi:
a) jinsiy tafovut;
b) saviya
;
d) ijtimoiy mavqe (kelib chiqish);
e) yosh;
f) ma’lumot;
g) mutaxassislik;
h) ijtimoiy qiymat
.
Nutqda muloqot qiluvchining holati yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Quyidagi ikki misolni kuzatish asosida bunga amin bo‘lamiz:
1. Yengil tabiat, shallaqi o‘zbek ayolining (og‘zaki) nutqi:
–
Mumkinmi?
Salom!
Ruxsatingiz bilan o‘zimni tanishtirsam... Men, k sojaleniyu, sizning
sochineniyalaringizni o‘qigan emasman. Xotya eshitganman. V asnavnom,
mamashkalar to‘g‘risida yozarkansiz..
Mening ham to‘rtta bolam bor... Nima? “Unaqaga o‘xshamaydi-ku”,
deysizmi? Rahmat, kompliment uchun! Hamma shunaqa deydi. Men mamamga
o‘xshayman. Mamam oltmish yoshidayam appetitniy edi. Kak kukolka!
Kechirasiz, olovingiz bormi?.. Yo‘q-yo‘q, men “More” chekaman... Senkyu!
Zajigalkangizga gap yo‘q!
Itak, to‘rtta bolam bor. Maratik – Nukusda. Internatda. Yoshi...
minutochku… Yoshi poemu... o‘n to‘rtda. Shu yil o‘n to‘rtga kiradi. Papasiga
o‘xshagan krasavchik, Maratik! Smugliyligi, ko‘zlarining razrezi... Papasi bilan
birinchi vstrechamiz praktikaga borganimda bo‘lgan. Zam ministr edi. Shunaqa
abayatelniy, shunaqa intelligentniy!.. Ikki yilcha turdik.. sivilizovanniy ajrashdik.
To‘g‘risini aytdi. “Jannochka dedi, jonim dedi, dorogusha dedi, buyog‘i prokol
bo‘ladiganga o‘xshaydi, xotinim jaloba yozibdi, dvoejonstva uchun partiyadan
o‘chirishlari mumkin”, dedi. Bilasiz, u paytda bunaqa masalalar strogiy edi.
“Maratik uchun volnavatsa qilma, o‘zim opekamga olaman, sen Toshkentga
ketaver, tez-tez borib turaman” dedi. “O-key” dedim...
... Nigorochka – Samarqandda. Tois, Nigorochka emas, Nargizochka!
Nigorochka – Qo‘qonda...
107
Gde-to ikki yil oldin Samarqandga bordim. Nargizochkaning detdomiga
kirdim. Detdom – tak sebe, ammo direktori nishtyak ekan! Dilda! Bo‘yi pachti
ikki metr! “Bratan, dedim, Nargizochkadan xabar olishim qiyin, ishim ko‘p”,
dedim. “Xotirjam bo‘ling, Nargizochkaga o‘zim otalik qilaman”, dedi. Uch kun
mehmon bo‘ldim. Kr-r-rutoy erkak ekan! Molodes!
Kstati... Dubayda bo‘lganmisiz? Obyazatelno boring! Texnika – pachti
darom! Tilla – navalom! Arablar temperamentniy bo‘... nu mayli, bunisi
nevajno…
Dostları ilə paylaş: |