Bobur adabiy muhiti va uning manbalari


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR



Yüklə 452,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix18.12.2023
ölçüsü452,76 Kb.
#183989
1   2   3   4   5   6   7   8
121 Xoliqulova Gulsanam Yorqulovna 974-981

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Bobur adabiy muhitining shakllanishiga doir fikrlar adabiy-tarixiy manbalar 
asosida berildi. Bunda “Boburnoma” (Bobur), “Humoyunnoma” (Gulbadanbegim), 
“Tarixi Rashidiy” (Mirzo Haydar), “Muzakkiri ahbob” (Hasanxoja Nisoriy), 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
977 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
“Majolisi Jahongiriy” (Qosim Lohuriy), “Ravzat us-salotin” (Faxriy Hiraviy), 
«Nafoisul-maosirot» kabi tarixiy, tazkira asarga tayanildi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda tashkil etgan adabiy muhit vakillari 
haqida ma’lumotlar, ularning adabiy merosi va undan namunalar bir qancha 
qo‘lyozmalar, tarixiy va adabiy manbalar orqali yetib kelgan. Jumladan, Boburning 
“Boburnoma”, Gulbadanbegimning “Humoyunnoma”, Mirzo Haydarning “Tarixi 
Rashidiy”, Abulfazl Allomiyning “Akbarnoma”, “Oyini Akbariy” (“Akbar 
tuzuklari”), Ahmad Hirotiyning “Tabaqoti Akbariy”, Jahongir bin Akbar 
“Jahongirnoma”, Qosim Lohuriyning “Majolisi Jahongiriy”, Abdulqodir 
Badovoniyning “Muntaxab at-tavorix”, Abdulboqi Nihavandiyning “Maosiri 
Rahimiy”, Mirzo Olim Mushrufning “Ansob us-salotin” kabi tarixiy asarlari, 
Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob”, Mutribiy Samarqandiyning “Nusxai 
zeboyi Jahongir”, muallifi noma’lum bo‘lgan «Nafoisul-maosirot», Faxriy 
Hiraviyning “Ravzat us-salotin”, Sodiq Kitobdorning “Majma’ul-xavos”, Po‘lotjon 
Qayumiyning “Tazkirai Qayumiy” tazkiralari mavzuga doir qimmatli ma’lumotlar va 
adabiy matnlarni o‘zida qamraganligi bilan ahamiyatlidir.
Hindistondagi turkiy tildagi adabiyot haqidagi ilk ma’lumotlar Zahiriddin 
Muhammad Boburning “Boburnoma”sida uchraydi. Garchi bu asarda yuqorida tilga 
olingan ijodkorlarning aksariyati nomlari uchramasa-da, asarning (“Boburnoma”ning 
– X.G.) Hindiston tasvirigacha bo‘lgan qismida tilga olingan Mavlono Abdurahmon 
Jomiy, Alisher Navoiy, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, 
Sayfiy Buxoriy, Abdulloyi, Mir Husayn Muammoiy, Mulla Muhammad Badaxshiy
Yusuf Badiiy, Ohiy, Muhammad Solih, Shoh Husayn Komiy, Hiloliy, Ahliy kabi 
ijodkorlar va ularning ijodi an’analarining targ‘iboti ham bu yurtda Xuroson va 
Movarounnahrdagi turkiy va forsiy tildagi adabiyot haqida tasavvur beradi. [5.138-
139] «Boburnoma»ning 1525-1526 yillar voqealari tafsiloti berilgan qismlari hamda 
undan keyingi saahifalarida ham tab’i nazmi bo‘lgan yana bir qator shohu 
shahzodalar, amaldorlar, turli ijtimoiy tabaqadan yetishib chiqqan shoirlar nomi 
eslatiladi, ular faoliyatiga doir ayrim ishoralar yo‘l-yo‘lakay bo‘lsa-da, o‘rtaga 
tashlanadi. Xususan, Shayx Abul Vajd
1
[3.63], Shayx Zayn, Mullo Alixon, Turdibek, 
Xoksor, Bayramxon, Mirzoxon (Bayramxonning o‘g‘li), Xavofiy, Forig‘iy, Faqiriy, 
Mavlono Yusufi Tabib, Surx Vadoiy, «Maxzan ul-asror» vaznida masnaviy aytgan 
Mullo Baqoiy kabi turkiy va forsiyda ijod qiluvchi shoir va yozuvchilarning zikr 
1
Айрим адабиётларда Шайх Абдул Воҳид.



Yüklə 452,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin