Bobur adabiy muhiti va uning manbalari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 452,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix18.12.2023
ölçüsü452,76 Kb.
#183989
1   2   3   4   5   6   7   8
121 Xoliqulova Gulsanam Yorqulovna 974-981

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
978 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
qilishi yoki Boburning Xo‘ja Kalon bilan turkiy va forsiydagi yozishmalari, 
shuningdek, o‘g‘illari Humoyun, Komron, Hindolga o‘zining ba’zi tarjimalari, 
maktub hamda she’rlarini yuborib turganligi ayni adabiy muhitning shakllanish 
kurtaklarini ko‘rsatadi.[5.185; 9. 100-101]
Manbalar ichida Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” va Muhammad 
Haydar Mirzoning “Tarixi Rashidiy” asarlari Bobur va uning adabiy izdoshlari 
tasvirining mufasalligi bilan ajralib turadi. Jumladan, Hasanxoja Nisoriyning 1566 
yilda yozilgan “Muzakkiri ahbob” tazkirasida Zahiriddin Muhammad Bobur, 
Humoyun Mirzo, Bayramxon, Komron Mirzo, Xoja Kalonbek kabi turkiy va forsiy 
tilda ijod etgan shoirlar va ularning hind diyori bilan bog‘liq faoliyati, ijod 
namunalaridan parchalar keltirilgan.
Shuningdek, tazkirada Mirzo Askariy, Hindol Mirzo, Mirzo Abdulqosim ibn 
Komron, Nizomiddin Abulbaqo Hindiy, Shayx Boyazid Puroniy, Mavlono 
Shahobiddin Muammaoiy, Mavlono Fozil Andijoniy, Mavlono Vosifiy, Shayx 
Zaynuddin, Alibek, Mahram Ko‘ka, Hamdam Ko‘ka, Xojazodai Kobiliy, Mavlono 
Mahramiy, Amir Muzaffar Turkman, Novidiy Nishoburiy, Mavlono Jomiy Yatimbon, 
Xoja Yarko, Shayx Muhammad Tohir, Xoja Husayn Marviy, Qosim Arslon, Sahmiy, 
Qosim Koxiy, Mavlono Zarifiy kabi Markaziy Osiyoning turli viloyatlaridan, ayniqsa, 
Xuroson va Movarounnahrdan Hindistonga, umuman, boburiylar huzuriga borgan 
ijodkorlar ham tilga olingan va forsiy tildagi she’riyatidan parchalar berilgan.[14] 
Lekin asarda bu ijodkorlarning turkiy tilda ijodi haqida ma’lumot kuzatilmaydi. 
Shunday bo‘lsa-da, mazkur ijodkorlar Bobur va boburiylar atrofida birlashganlar 
hamda shu adabiy muhitning vakillari sifatida tarixda qolganlar. 
Muhammad Haydar Mirzoning “Tarixi Rashidiy” asarida ham Zahiriddin 
Muhammad Bobur haqida ishonarli ma’lumotlar berilgan. Muallif Boburning 
xarakteri, fazilatlari, maqtovga loyiq jihatlari, ijodkorlik qobiliyati, adabiy merosi, 
tarjimonligi haqida gapirar ekan shunday yozadi: «U turli go‘zal fazilatlar, maqtovga 
loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichidashijoat va muruvvatpeshaligi 
ustun kelardi.Turkiy she’riyatda Mir Alisherdan keyin hech kim uningchalik ko‘p 
yozmagan. U turkiyda ajoyib totli devon tartib bergan. “Mubayyin” nomli she’riy 
asar yaratgan – juda foydali kitob bo‘lib, odamlar uni fiqh dasturamali sifatida qabul 
qilishgan. U “Turkiy aruzni yozganki, bunday yetuk asarni – turkiy aruzni ungacha 
hech kim bitmagan. Hazrat Eshon (Xoja Ubaydulloh)ning “Risolai Volidiya” asarini 
nazmiy tarjima qilgan.
Uning “Vaqoe’” (“Boburnoma”) nomida turkiy tildagi tarixiy asari borki, u juda 
ainq, tushunarli, shirali, sof jonli tilda bitilgan. Undan ayrim parchalar mazkur 



Yüklə 452,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin