Bobur adabiy muhiti va uning manbalari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 452,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix18.12.2023
ölçüsü452,76 Kb.
#183989
1   2   3   4   5   6   7   8
121 Xoliqulova Gulsanam Yorqulovna 974-981

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
976 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
hammalariga turar joy va ko‘ngillari tilagan in’omlar tayin qilingan. Xuddi shunday 
munosabat olimu shoirlar, ijodkorlarga ham loyiq topilgan.
Temuriylar saltanatining qulashi, O‘zbekxonlarning saltanat tepasiga kelishi, 
Xuroson va Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi talato‘plar, adabiy 
muhitning ma’lum ma’noda parokandalashuvi kabi voqealar mahalliy aholining, 
ayniqsa, fan, san’at ahlining ma’lum bir qismi Hindiston sari azmi qaror qilishining 
asosiy sabablaridan biriga aylandi. E’tiborlisi, Bobur o‘z faoliyati davomida uzluksiz 
jang-jadallarda yurganda ham adabiy davra suhbatlari, she’rxonliklar tashkil etishi
fan, san’at, madaniyat, adabiyot vakillariga alohida e’tibor qaratishi ko‘pchilikka 
ma’lum edi. Shunday vaziyatda Zahiriddin Muhammad Boburning yuqoridagi kabi 
qarori e’tiborsiz qolmadi. Turli soha vakillari qatorida ijodkorlar ham Bobur saroyiga 
kelib adabiy muhit vakiliga aylandi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur bu kabi siyosiy harakatlaridan tashqari, o‘zining 
realistik tasvirga to‘yingan lirik va epik asarlari bilan ham o‘z davri va o‘zidan keyin 
bir qancha ijodkorlarga adabiy ta’sir ko‘rsata oldi va Hindistonda turkiy tildagi 
adabiyotning vujudga kelishiga tamal toshini qo‘ydi. Bu adabiy muhitning 
rivojlanishi, gullab-yashnashi Bobur avlodlaridan Humoyun Mirzo (1530-40-1556), 
Akbar (1556-1605), Jahongir (Shahzoda Salim, 1605-1628), Shoh Jahon (Shahzoda 
Xurram, 1628-1658), Avrangzeb Olamgir (1658-1707), Muazzamshoh (Bahodirshoh 
I, 1707-1712), Jahondorshoh (1712-1713), Farrux Siyar (1713-1719), Muhammad 
Shoh (1719-1749), Ahmadshoh (1749-1754), Olamgir (1754-1759), Ali Gavhar 
(Shoh A’lam, 1759-1806), Akbarshoh (1806-1837), Bahodirshoh II (1837-1858) 
hukmronligi yillariga to‘g‘ri keladi.
Bobur izdoshlari qisman hind, urdu, fors-tojik, arab tillarida yaratgan asarlari 
qatorida turkiy tildagi asarlari bilan tarixga muhrlandi. Jumladan, Bayramxon, 
Xumoyun Mirzo, Hindol Mirzo, Askariy Mirzo, Komron Mirzo, Abulqosim (Komron 
Mirzoning o‘g‘li), Azfariy, Forig‘iy, Diyda, Johila, Yusuf Faryobiy, Saminiy–Fahm, 
Manzariy Samarqandiy, Mir Mahmud Mahviy, Ulfatiy, Yazdiy, Tazarviy Abhariy, 
Sheroziy, Fahmiy Kazviniy, Navidiy, Siyakiy kabi shoirlar Bobur asos solgan 
Hindiston turkiyzabon adabiyoti vakillaridir. [Bu haqda qarang:1, 2, 3, 6, 8, 9, 11, 12, 
13] 

Yüklə 452,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin