Zahiriddin muhammad bobur nomidagi



Yüklə 40,63 Kb.
səhifə1/2
tarix19.10.2023
ölçüsü40,63 Kb.
#157232
  1   2
kurs ishi mahmud g`aznaviy


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Tarix fakulteti
O`zbek davlatchiligi tarixi kafedrasi
3-bosqich 306 – guruh talabasi

KURS ISHI

Mavzu: Mahmud G'aznaviy davrida harbiy siyosat


Bajardi: Inomjonov Nurbek


Ilmiy rahbar:

Andijon 2022



REJA:


I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1. Ğaznaviylar davlatining tarix sahnasiga kelishi

2. Ğaznaviylar davlatining yuksalishi, ijtimoiy iqtisodiy hayoti .


3. Ğaznaviylar davlati gullab yashnagan hurkmdorlar davri.
III. Xulosa


Kirish
Mahmud Gʻaznaviy (Abulqosim Mahmud ibn Sabuktegin) (967— Gʻazna, 1030) — turkiy davlat arbobi va harbiy sarkarda, Gʻaznaviylar davlati hukmdori (998—1030).
Sabukteginning oʻgʻli. Yoshligida otasidan harbiy sanʼatni puxta egallagan. Somoniylarga qarshi isyon koʻtargan turk amirlari Abu Ali Simjuriy va Foyiqqa qarshi janglarda otasining qoʻshinida qatnashib, katta jasorat koʻrsatgani uchun "sayf ud-davla" ("davlat qilichi") unvoni bilan taqdirlandi (994). Gʻaznaviylar davlatining Nishopurdagi noibi (994—997). Otasi vafotidan soʻng taxtni egallagan (998-yildan). Marv yaqinidagi jangda Somoniylar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan (16.06.999). Somoniylar davlati agʻdarilgach, Mahmud Gʻaznaviy Bagʻdod xalifasi al-Qodirdan (991—1031) "yamin ud-davla va amin ul-milla" ("davlatning oʻng qoʻli va millatning ishonchi") degan faxriy unvon va Xuroson hokimligi haqida yorliq olgan (999). Qoraxoniylar xoni Nasr Mahmud Gʻaznaviyga elchi yuborgan; 1001-yilda Qoraxoniylar bilan tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq, har 2 davlat oʻrtasidagi chegara chizigʻi qilib Amudaryo belgilandi. Shunday qilib, Somoniylar davlati oʻrnida 2 ta yangi davlat tashkil topgan. Mahmud Gʻaznaviy qoʻlida Shimoliy Hindiston chegarasidan tortib Xazar dengizigacha (Kaspiygacha) choʻzilgan katta hudud birlashtirilgan. Keyinchalik bu davlat tarkibiga Shimoliy Hindiston, Xorazm va Gʻarbiy Eron ham kiritilgan. Qoraxoniylar bilan ayrim urushlardan (1006—1008) soʻng, Chagʻoniyon, keyinchalik Xuttalon, Qabodiyon viloyatlari va Termiz, Amulni (Chorjoʻyni) ham oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. Mahmud Gʻaznaviy yirik harbiy yurishlar olib borish bilan birgalikda qoʻshni davlatlar hukmdorlari bilan diplomatik aloqalar va qarindoshlik munosabatlari oʻrnatgan. Bayhaqiyning yozishicha, Xorazmdagi xalq gʻalayonlari oqibatida 1016-yilda Abul Abbos Maʼmun qatl etilib, taxtga uning jiyani yosh va tajribasiz Muhammad ibn Maʼmun oʻtirdi. Mahmud Gʻaznaviy bu xabarni eshitgach, qasos olish bahonasida katta qoʻshin (100 ming askar, 500 fil) bilan kelib, Xorazm davlati poytaxti Qiyotni egallagan (1017) va hojib Oltintoshni Xorazmda oʻz noibi qilib qoldirgan va Beruniy boshchiligidagi olimlar, shoirlar va sanʼatkorlarni, shuningdek, yosh Xorazmshohni butun sulolasi bilan Gʻaznaga olib qaytgan.


Yüklə 40,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin