281
14.6.2.9. Topoizomerazalar
DNK topoizomerazalar – bu DNK zanjirida yopiq super halqali aylanmalar
sonini o‗zgartiradigan fermentlardir. Ma‘lumki, topoizomerazalarning bir zanjirli
va ikki zanjirli DNK molekulalariga ta‘sir qiladigan xillari bo‗ladi.
Ular orasida
ikki yoki undan ortiq DNK molekulalarini katenan (o‗zaro bir-biriga bog‗langan
halqa)larga birlashtiradigan fermentlar mavjud. Topoizomeraza I
super
spirallangan DNK zanjirlaridan birini uzadi, bunda zanjir halqasi yo‗qolib, super
aylanmada halqa soni kamayadi, keyin shu fermentning o‗zi uzilgan joyni tiklaydi.
Giraza (topoizomeraza II) fermenti ham shu fermentlar sinfiga kiradi. Giraza
yopiq halqali DNK molekulasining bo‗shagan spiralini super spiralga aylantiradi,
ya‘ni topoizomeraza I ga nisbatan qarama-qarshi ta‘sirga ega. Bu reaksiya ATF
ning katta miqdordagi energiyasi sarflashni talab qiladi.
Agar girazaning faolligi
to‗xtatib qo‗yilsa, unda hujayradagi eng muhim jarayonlar, xususan, DNK ning
replikatsiyasi izdan chiqadi.
Dostları ilə paylaş: