276
RNK-polimeraza I
yadrochada uchraydi
va ribosomal RNK sintezini
katalizlaydi. Ushbu ferment ikki xil shaklda mavjud bo‗lib, ulardan bittasida 5-6
subbirlikdan tashkil topgan bo‗lsa, ikkinchisida bir subbirlikka kam bo‗ladi.
RNK-polimeraza II
beshta subbirlikdan iborat va nukleoplazmada uchrab,
eukariotlarning oqsillarini
kodlovchi barcha genlarni, shuningdek,
hayvon
viruslarining asosiy genlarini transkripsiyalaydi.
RNK-polimeraza III
10 va undan ortiq subbirliklardan iborat bo‗lib,
nukleoplazmada lokalizatsiyalashgan 5 S RNK va t-RNK sintezini katalizlaydi.
Yuqorida keltirilgan barcha RNK polimerazalar subbirliklarining molekulyar
og‗irliklari keng chegaralardagi o‗zgarishlarga ega bo‗ladi. Eukariot
mitoxondriyalar mustaqil matritsali sintez apparatiga ega. Ular orasida hozirgacha
ma‘lum bo‗lgan RNK polimerazalardan molekulyar og‗irligi 64000 Da bo‗lgan
eng oddiy monomer ajratib olingan.
Dostları ilə paylaş: