278
14.6.2.5. Replikatsiya
RNK-tutuvchi viruslarning RNK replikatsiyasi RNK ga bog‗liq bo‗lgan
RNK- polimeraza (RNK replikaza) tomonidan amalga oshiriladi.
Virus bilan
zararlangan hujayrada bu fermentning hosil bo‗lishini virus RNK si indutsirlaydi.
Bu ferment bir zanjirli virus RNK sining sintezi uchun nukleozid trifosfatlardan
foydalanadi. Dastlab, ferment virus RNK matritsasida
qarama-qarshi qutbli
(replikativ shakldagi) komplimentar RNK hosil qiladi. Keyinchalik,
bu zanjir
ko‗plab yangi virus RNK zanjirlari sintezi uchun matritsa sifatida xizmat qiladi.
Sintezning bu ikkala bosqichini bir xil ferment katalizlaydi,
lekin ularning har
birida xilma-xil oqsil omillari ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: