285
harakatlanadigan yo‗nalishda o‗sib boradi va sintez jarayoni uzluksiz ravishda
davom etadi. Bu DNK zanjiri
yetakchi
deb nomlanadi. DNK zanjirining boshqasi
kechikuvchi
deb nomlanib, kalta Okazaki fragmentlari tarzida sintezlanadi. Har
bir fragmentning sintezi replikatsiya ilmog‗i yaqinidan initsiatsiyalanadi va unga
qarama-qarshi yo‗nalishda yangi sintezlagan DNK ning 3´-uchi oldingi Okazaki
fragmentining 5´-uchigacha davom etadi. Bu fragmentlarning sintezini
initsiatsiyasi primaza tomonidan amalga oshiriladi, u kalta RNK fragmentlarini
oqlik sifatida sintez qiladi, keyin ular E.colining asosiy relesirlovchi fermenti
DNK-polimeraza III bilan uzaytiriladi. Okazaki fragmentlarini uzunligi taxminan
1000 nukleotiddan iborat. Replikatsiya ilmog‗ida yana ikkita oqsil ―ishlaydi‖.
Ulardan biri (SSb oqsili) bir zanjirli DNK ni maxsus ravishda bog‗lab, juft
spiralning ochilishini osonlashtiradi va, shu bilan birga, yakka zanjirli qismlarni
nukleazalar ta‘siridan himoya qiladi. Boshqa DNK ni, ajralishini ta‘minlaydigan
oqsil (xelikaza)lar, qo‗sh zanjir bo‗ylab harakatlanadi va bir vaqtning o‗zida ATF
ni bir yo‗la gidrolizlab, uni ayiradi. Nihoyat, yana bir ferment – DNK-giraza yoki
DNK topoizomeraza II, qo‗sh spiralning ajralishi tufayli yuzaga keladigan musbat
super halqalarning yig‗ilishiga to‗sqinlik qiladi, siklik kovalent yopiq bir zanjirli
uzilishli DNK hosil qiladi va keyin uni yana qaytadan ―tikadi‖.
DNK-polimeraza I fermenti RNK – oqliqni ajratib, fragmentlarni qaytadan
qo‗shib tiklaydi, DNK – ligaza esa qo‗shni Okazaki fragmentlarini bittasini 3´-
gidroksilining fosfati bilan, boshqasini 5´-fosfati bilan fosfodiefir bog‗i yordamida
bog‗laydi. DNK sintezining replikatsiyadan keyin yuzaga chiqadigan terminatsiya
nukleotidlarning o‗ziga xos ketma-ketligi bilan belgilanadi. Nihoyat, ikkita qiz
xromosomalari membranaga birikadi. Membranaga birikkan nuqtalar orasidagi
o‗sish nuqtalari, ularni bir-biridan uzoqlashtiradi va hujayralarning bo‗linish
jarayonini yakunlaydi.
Dostları ilə paylaş: