292
transkripsiyasini amalga oshiradigan ferment (teskari transkriptaza, revertaza) o‗z
xossasiga ko‗ra transkripsiyani amalga oshiruvchi DNK polimerazalarga
o‗xshashdir.
14.7.2.4. RNK protsessingi
Transkripsiya natijasida RNK hosil bo‗ladi, u hali o‗z funksiyasini bajarishga
tayyor emas. Unda ajratib tashlanishi lozim bo‗lgan qator ―oshiqcha‖
ketma-
ketliklar mavjud va bundan tashqari tarkibida minor komponentlar bo‗lmaydi.
―Protsessing‖ atamasi fermentativ jarayonlar majmuyi sifatida tushuniladi, uning
natijasida transkripsiya jarayoni asosida sintezlangan
RNK funksional jihatdan
to‗liq molekulaga aylanadi.
Prokariot hujayralardan ‒ E.colida eng yaxshi o‗rganilgan, m-RNK ning
protsessingi to‗g‗risida misollar mavjud emas. Bu molekulalar birdaniga ―etilgan‖
shaklda sintezlanadi. Shu bilan birgalikda, E.colining
barcha barqaror RNK lari
(ya‘ni ribosomal va transport RNK lari) dastlabki oraliq birikmalar shaklida
sintezlanadi va ular yetilgan shakldagi molekulalarga aylanadi. Bu jarayonda qator
fermentlar, jumladan, endo- va ekzonukleazalar ishtirok etadi. Prokariotlardan
farqli o‗laroq, eukariot hujayralarda protsessing
natijasida barcha RNK lar,
jumladan, axborot RNK lari ham hosil bo‗ladi. Eukariot m-RNK larning dastlabki
oraliq birikmalari geterogen yadro RNK lari (gyaRNK) deb nomlanadi. gyaRNK
ning protsessingini asosiy bosqichlari 38-rasmda keltirilgan.
Translatsiya boshlanishi bilanoq m-RNK ―kep‖ deb nomlangan 5´-uchli
bo‗lakni o‗ziga biriktiradi, natijada m
7
G
5
´ppp
5
´Nm birikma hosil bo‗ladi, uning 7-
metilguanozin uchli tomoni 5´, 5´-pirofosfat bog‗ yordamida metillangan RNK
nukleotidining 5´-uchi bilan bog‗langan bo‗ladi. Amaliy
jihatdan tadqiq qilingan
poli (A) tarkibli m-RNK larning barchasida, ular birikkan joydan 10-25 nukleotid
oldingi masofada AAUAAA li konservatsiyalangan ketma-ketlik joylashadi, uni
poli (A)ning birikish joyi deb taxmin qilinadi.