283
polimeraza sintezni boshlashi uchun DNK ning
fragmenti yoki matritsaga
komplementar bo‗lgan 3´-OH – guruhli RNK ning tayyor bo‗lagi bo‗lishi kerak.
Bu fragment
oqlik
deb nomlanadi. Qiz zanjirlarni sintez qilish jarayonida qo‗sh
zanjirli
ona DNK ayrilib, lotin harfi Y ga o‗xshash tuzilishga ega bo‗ladi. Bu xil
strukturani
replikativ ilmoq (vilka)
deb yuritiladi.
14.7.1.1. E.coli xromosomalarining replikatsiyasi
E.coli xromosomasi uzunligi taxminan 3,8
.
10
6
halqadan iborat bo‗lgan siklik
qo‗sh zanjirli DNK hisoblanadi. Xromosoma oqsillar va hujayra membranasi bilan
kompleks holda mavjud bo‗ladi va juda zich o‗ramli tuzilma (bunday o‗ramli
kompleksni
nukleoid
deb ataladi) hisoblanadi. E.coli xromosomalarini
replikatsiyalanish sxemasi 34-rasmda keltirilgan.
34-rasm.
E.coli xromosomalarini replikatsiyalanish sxemasi
(X va Y-replikativ ilmoqlar).
Replikatsiyaning har bir
yangi sikli xromosomaning
ori
deb nomlangan
ma‘lum bir joydan boshlanadi.
Ori
atamasi
replikatsiya initsiatsiyasi
(boshlanishini tashabbuskori) signali vazifasini bajaruvchi DN Kning replikonlari
(ketma-ketligi)ni anglatadi. Replikatsiya boshlanishi bilan u bir vaqtning o‗zida
ikki yo‗nalishda
davom etadi, bunda ikkita replikativ ilmoqlar hosil bo‗ladi va
harakatlanadi. Har bir ilmoqning harakatlanish tezligi sekundiga 800 ga yaqin
nukleotidni tashkil qiladi va hujayraning o‗sish sharoitlariga bog‗liq emas.
Shunday qilib, bakterial xromosoma har doim taxminan 40
daqiqada
replikatsiyalanadi. Hosil bo‗lgan ikkita siklik DNK bir-biridan ajraladi.