153
8. MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI. BIOENERGETIKA
8.1. Moddalar almashinuvi haqida umumiy tushuncha
Yuqorida ta‘kidlanganidek, biologiyaning zamonaviy rivojlanishida moddalar
almashinuvini o‗rganish markaziy o‗rinni egallaydi. Umumiy tarzda ―moddalar
almashinuvi‖ deganda tirik organizmlarda yuz beradigan ko‗pdan-ko‗p
kimyoviy
o‗zgarishlarni har tomonlama tushuntirib berish tushuniladi. Organizmga kirgan
oziq-ovqat mahsuloti murakkab kimyoviy o‗zgarishlarga duch keladi.
Tirik
organizmlarda sodir bo‗ladigan moddalar almashinuvi doimiy ravishda bir-biri
bilan uzviy bog‗liq va qarama-qarshi bo‗lgan ikki xil jarayon:
assimilyatsiya
(anabolizm) va dissimilyatsiya (katabolizm)lardan tashkil topgan.
Assimilyatsiya
‒ organizmga tashqi muhitdan kirib kelayotgan
mahsulotlardan foydalanish va ularni qayta ishlash demakdir. Tirik mavjudotlarda
yuz beradigan hayotiy jarayonlarining me‘yor chegarasida kechishi uchun kislorod,
suv, oqsil, karbonsudlar, yog‗lar, minerallar va
boshqa birikmalarni doimiy
ravishda yetkazilib turilishi lozim. Organizm bu moddalarni o‗zlashtirish shakliga
keltiradi va keyin ulardan o‗z tanasining tarkibiy qismlarini tiklash va yangilash
uchun foydalanadi.
Dissimilyatsiya
assimilyatsiyaning qarama-qarshi tomoni hisoblanadi. U
organizmning tarkibiy qismlari birikmalarini oddiyroq
moddalarga parchalanishi
va keyinchalik parchalanish mahsulotlarini hayotiy jarayonlarning so‗nggi
mahsulotlari
sifatida
atrof-muhitga
chiqarilishidan
iborat.
Moddalar
almashinuvining asosida ko‗pdan-ko‗p kimyoviy reaksiyalar yotadi,
ular uzviy
ketma-ketlikda sodir bo‗ladi va bir-biri bilan chambarchas bog‗liqdir.
Bu reaksiyalar fermentlar tomonidan katalizlanadi va u organizmning barcha
hayotiy jarayonlarini boshqarishini amalga oshiradigan markaziy asab tizimi
tomonidan nazorat qilinadi. Moddalar almashinuvini
shartli ravishda organizmga
ozuqa moddalarni qabul qilish va oxirgi parchalanish mahsulotlarini ajratib
chiqarilishiga oid
Dostları ilə paylaş: