148
qo‗rqish, quvonish va boshqalar) va boshqarish mexanizmlarini markaziy asab
tizimida aks ettiradigan ichki qo‗zg‗alanishlar karbonsuvlar almashinuviga ta‘sir
etadi.
Karbonsuv almashinuvini namoysh qilishda mumtoz misol sifatida K.Bernar
tomonidan amalga oshirilgan shakar markazini qo‗zg‗atuvchi ―shakar ukoli‖ni
keltirib o‗tish mumkin. Miyani bu qismini qo‗zg‗alantirish birdaniga qon
tarkibidagi shakar miqdorini oshishiga sababchi bo‗ladi.
Organizmda bunday
qo‗zg‗atuvchi ta‘sir qon tarkibidagi shakarning kamayib ketishi (gipoglikemiya)da
namoyon bo‗ladi. Bu holatda nerv tizimi impulslari buyrakusti beziga yo‗naltiriladi
va uning miya qismida
adrenalin
ning
ajralishini stimullaydi.
Adrenalin fosforilaza
fermentini faollaydi, u o‗z navbatida glikogenni parchalanishini katalizlaydi.
Buning natijasida glyukozaning qondagi miqdori me‘yor darajasigacha oshadi, u
esa qo‗zg‗alanish ta‘sirini yo‗qolishiga olib keladi.
Karbonsuv almashinuvini
boshqariluvi adrenalindan tashqari qator gormonlar tomonidan ham amalga
oshiriladi. Gipofizning oldingi qismi geksokinaza faolligiga bo‗g‗uvchi ta‘sir
ko‗rsatish
orqali
glyukozaning
oksidlanuvchi
parchalanishini
(uning
fosforilanishini) dastlabki bosqichida tormozlaydi. Oshqozonosti bezi gormoni-
insulinning qon tarkibidagi glyukoza miqdorini
kamaytirishi organizm
hujayralarining glyukozadan foydalanishda mas‘ul bo‗lgan fermentlar faolligini
oshirish orqali sodir bo‗ladi. Tiroksin organizmda umumiy almashinuvni
jadallashtiradi va glyukozani oksidlanish jarayonini kuchaytiradi.
Shuningdek,
glyukozani qondagi miqdorini boshqaradigan fiziologik mexanizmlar ham bor.
Glyukozaning qondagi konsentratsiyasi me‘yoriy chegarada bo‗lganda, u buyrak
kapellarlaridan o‗tmaydi, shu sababli sog‗lom holatda siydik tarkibida glyukoza
bo‗lmaydi. Agar qondagi glyukozaning miqdori 0,17-0,18 %dan ziyod bo‗lsa
(buyrakning ―ostonaviy shakar chegarasi‖), glyukoza
organizmdan siydik orqali
chiqa boshlaydi ‒
Dostları ilə paylaş: