146
Reaksiyaning umumiy qiymatlari bo‗yicha qisqartirilganda quyidagicha
bo‗ladi:
Glyukoza-6-fosfat + 7 H
2
O + 12 NADF
+
→ 6 CO
2
+ 12 NADFH+ 12 H
+
+
H
3
PO
4
.
Hosil bo‗lgan NADFH
2
sitozolda qaytariluvchi sintetik jarayonlarda
foydalaniladi va, odatda, mitoxondriyalarda yuz beradigan oksidlanuvchi
fosforlanishda ishtirok etmaydi.
7.5.7. Mikroorganizmlar ishtirokida karbonsuvlarni achishi
Karbonsuvlarning
hayvonlar
organizmi
to‗qimalarida,
o‗simliklar
to‗qimalarida va mikroorganizmlardagi biokimyoviy almashinuv yo‗llari juda
o‗xshash. Lekin mikroorganizmlarning karbonsuvlardan foydalanishiga oid ba‘zi
xususiyatlari, katta amaliy ahamiyatga ega ekanligi nuqtayi nazardan masalani
mukammalroq o‗rganishni talab qiladi. Havo kislorodi mavjudligida ko‗p
mikroorganizmlar nafas olish jarayonida karbonsuvlarni o‗zlashtiradi. Bu holatda
glyukozani karbonat angidrid va suvgacha parchalanishi yuqorida mukammal
ravishda ko‗rib chiqilgan yo‗l asosida amalga oshadi. Turli mikroorganizmlar
tomonidan glyukozani anaerob sharoitda parchalanish jarayonlari katta qiziqish
uyg‗otadi. Bu xil tadqiqotlarning natijalari qimmatli ovqat mahsulotlarini olish
imkonini beradi. Bu jarayonlar ―achish‖ nomi bilan ma‘lum. Glyukozaning spirtli
achish mexanizmlari I.M.Manasseyin, E.Byuxner, A.N.Lebedev va boshqa
mualliflarning ishlarida yoritilgan. Achitqi hujayralari fermentlari ta‘sirida
glyukoza yoki glikogenning yuqorida keltirilganidek, pirouzum kislotasigacha
parchalanishi sodir bo‗ladi. Pirouzum kislota keyin dekarboksillanib sirka
aldegidiga aylanib, u etil spirtigacha qaytariladi:
Shunday qilib, spirtli achishning so‗nggi mahsuloti CO
2
va etil spirti
hisoblanadi.
Sutni achitish bakteriyalari karbonsuvlarni sut kislota, moy kislota va h.k.
kislotalarga aylantiradi. Achish jarayoni mexanizmini o‗rganishda L.Paster
kislorodning mo‗lligi sharoitida glikoliz jarayoni tormozlanishiga e‘tiborni qaratdi.
Dostları ilə paylaş: