143
6-fosfataning ikkinchi
fosforlanishi yuz bermasa, fosforlangan glyukoza
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
parchalanib, fosfopentozalargacha oksidlanadi. Me‘yoriy
sharoitda miqdoriy jihatdan glyukozaning pentozafosfat yo‗li bilan parchalanish
ulushi uncha katta bo‗lmay, u har xil organizmlarda to‗qimalarning
tipi va
funksional holatiga bog‗liq holda turli ko‗rsatkichlarda sodir bo‗ladi.
Sutemizuvchilarda pentozafosfat siklining faolligi nisbatan jigarda, buyrakda,
embrional to‗qimada va sut bezlarida laktatsiya davrida yuqori bo‗ladi. Modda
almashinuvida bu yo‗lni ahamiyati katta. U yog‗
kislotalari, xolesterin va
h.k.larning biosintezi uchun kerak bo‗lgan
qaytarilgan NADH
2
yetkazib beradi.
Pentozofosfat sikl evaziga organizmning NADH
2
ga bo‗lgan talabi 50 % ga
qondiriladi.
Bundan tashqari, pentozofosfat sikl nuklein kislotalari va ko‗p
kofermentlarni sintezi uchun pentozofosfatlarni yetkazadi. Pentozafosfat sikli
reaksiyalari hujayraning sitoplazmasida bo‗lib o‗tadi.
Glyukoza-6-fosfatning
birinchi
degidrogenlanish
reaksiyasi quyidagicha
ketadi:
Keyingi bosqichda degidrirogenlanish va dekarboksillanish bo‗lib o‗tadi.
Reaksiya natijasida fosforlangan ketopentoza – D-ribuloza-5-fosfat va yana 1
molekula NADFH
2
hosil
bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: