155
Anaerob bosqich:
Aerob bosqich:
Bu ikki tenglamani yig‗indisidan kelib chiqadi:
Bu yerda: R- vodorodni oraliq tashuvchilari (V.I.Palladin bo‗yicha pigmentlar
yoki xromogenlar).
Yuqorida keltirilgan tenglamalarga asoslanib,
quyidagilarni bayon qilish
mumkin:
1. Karbonat angidrid hosil bo‗lishi bilan boradigan to‗qimani nafas olishini
birinchi
bosqichi, kislorod ishtirokini talab qilmaydi va anaerob sharoitda amalga
oshadi. Karbonat angidrid tarkibidagi kislorod – bu suv
yoki substrat tarkibidagi
kislorod hisoblanadi.
2. Nafas olishning dastlabki anaerob bosqichida kislorodni faollashtiradigan
birikmalar emas, balki oksidlanuvchi substratlardan
vodorodni ajralishini
katalizlovchi maxsus degidrogenazalar muhim rol o‗ynaydi.
3. Degidrogenazalar ishtirokida oksidlanuvchi substratlardan vodorodni
ajratib oladigan birlamchi akseptor V.I.Palladin
tomonidan xromogenlar deb
nomlangan maxsus termolyabil moddalar hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda ularning xromogenlar emas, balki kofermentlar (NAD, NADF,
FMN yoki FAD) ekanligi aniqlandi, ular to‗g‗risidagi
mulohazalar quyida
yuritiladi. Bu kofermentlar qaytarilgan va oksidlangan (degidrogenlangan)
shakllarda bo‗lishi mumkin, ya‘ni ular vodorodni oraliq tashuvchilari rolini
o‗ynaydi.
4. To‗qimani nafas olishida yutilgan havo kislorodi
vodorodning oxirgi
akseptori rolini o‗ynaydi.
Shunga ko‗ra, agar oraliq akseptorning qaytarilgan shakli havo kislorodi bilan
ta‘sirlansa, unda suv hosil bo‗ladi va bu holatda (ya‘ni aerob sharoitda) gap
biologik oksidlanish haqida ketadi. Agar vodorodning oxirgi akseptori sifatida u
yoki bu xil oraliq mahsulot (metabolit)
ishtirok etsa, unda bu anaerob (glikoliz
yoki achish) jarayoni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: