151
miqdorda galaktoza yig‗ilishi
bilan tavsiflanadi, u o‗zini toksik modda sifatida
namoyon qilishi tufayli, ayniqsa, emizikli chaqaloqlar uchun xavflidir.
Glukogenozlar
glikogenni glyukozagacha parchalanishining
izdan chiqishi
bo‗lib, u jarayonni katalizlovchi fermentlarning yetishmasligi bilan tavsiflanadi.
Bu kasallikda organlar (jigar, mushak va h.k.)dagi glikogen ko‗payib ketadi,
atrofiya jarayonlarini kuchaytiradi, hujayralarda
esa glyukoza va energiyaga
nisbatan tanqislik kuzatiladi.
Boshqa irsiy kasalliklar jumlasiga
laktoza va saxaroza
ni
organizm
tomonidan
qabul qila olmasligi
kiradi. Bu kasalliklar
emizikli chaqaloqlarda
bo‗ladi va ichakda o‗zaro mos holda laktaza va saxaraza yo‗ligi tufayli kelib
chiqadi. Bunda ichak parchalanmagan disaxaridlarga to‗ladi,
ular ichak
mikroflorasi tomonidan parchalanib nordon mahsulotlar (sut, moy kislotalar)ga
aylanadi. Bu nordon mahsulotlarning kasal bolalar ichaklarida to‗planishi og‗ir,
davomli diareyaning rivojlanishiga sababchi bo‗ladi.
Materiallarni mustahkamlash uchun savollar:
1. Karbonsuvlar qayerda uchraydi?
2. Karbonsuvlar qanday funksiyalarni bajaradi?
3. Karbonsuvlarning tasnifi va nomenklaturasi.
4. Karbonsuvlar qanday tuzilishga ega?
5. Monosaxaridlarning stereoizomerlari sonini hisoblash uchun qanday
formuladan foydalaniladi?
6. Trioza va tetrozalar nechtadan stereoizomerga ega?
7. Pentozalar va geksozalar nechtadan stereoizomerga ega?
8. Yarim atsetal gidroksilga xos reaksiyalar.
9. Karbonil guruhga xos reaksiyalar.
10. Monosaxaridlarning spirtlar, kislotalar bilan reaksiyalari.
11. Monosaxaridlarning kuchsiz oksidlovchi
moddalar bilan oksidlanish
reaksiyalari.
12. Monosaxaridlarning kuchli oksidlovchilar bilan oksidlanish reaksiyalari.
13. Monosaxaridlarning qaytarilish reaksiyalari.
14. Monosaxaridlardan aminohosilalar hosil bo‗lish reaksiyalari.
15. Monosaxaridlarning α-va β-shakllari qanday farqlanadi?
16. Qutblangan nurni o‗ngga va chapga buruvchi monosaxaridlar qanday
farqlanadi?
17. Glyukoza va riboza nechtadan stereoizomerlarga ega?
18. Ribuloza va fruktoza nechtadan stereoizomerlarga ega?
19. Triozalar va tetrozalarning vakillari.
20. Pentoza, geksozalarning tabiiy manbalari.
152
21. Oligosaxaridlarga qanday shakarlar kiradi?
22. Qaytaruvchi va qaytarmovchi disaxaridlarning xossalari.
23. Qaysi qaytaruvchi disaxaridlarni bilasiz?
24. Qaysi qaytarmovchi disaxaridlarni bilasiz?
25. Laktoza qaysi monosaxaridlardan tashkil topgan?
Saxaroza va
sellobiozachi?
26. Polisaxaridlar qanday tuzilgan va qaysi xossalarga ega?
27. Kraxmal va glikogenlar qanday tuzilgan va qaysi xossalarga ega?
28. Sellyuloza va gemitsellyulozalar qanday tuzilgan va qaysi xossalarga ega?
29. Inulin qanday tuzilgan va qanday xossalarga ega?
30. Geteropolisaxaridlarning qanday vakillari bor?
31. Glikoproteinlar va glikopeptidlar qanday tuzilishga ega?
32. Glikoproteinlar va glikopeptidlarning biologik ahamiyati.
33. Karbonsuvlar almashinuvining umumiy tavsifi.
34. Karbonsuvlarning oshqozon-ichak traktida parchalanishi.
35. Glikogenning to‗qimalarda sintezlanishi va parchalanishi.
36. Glyukozani anaerob parchalish reaksiyalarida
qanday fermentlar ishtirok
etadi?
37. Glyukozani aerob parchalish reaksiyalarida qanday fermentlar ishtirok
etadi?
38. Glyukozaning anaerob glikolizining energiya balansi.
39. Energetik jihatdan glikolizning qaysi turi foydali?
40. Pentoza fosfat siklining biologik roli qanday?
41. Pentoza fosfat siklining bosqichlari.
42. Karbonsuvlar almashinuvining izdan chiqishi va u bilan bog‗liq qanday
kasalliklar mavjud?
43. Gipoglikemiya, giperglikemiya va glukozuriya nima?
44. Qandli diabetning sabablari nimada?
45. Genkogenozlar qanday kelib chiqadi?
Dostları ilə paylaş: