Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

2. Elektronlarning moddadan o‟tishi. 
Elektronlar moddadan o‟tganda o‟z energiyasini yo‟qotadi va o‟zining 
dastlabki xarakat yo‟nalishidan og‟adi, ya‟ni sochiladi. Elektronlar o‟z energiyasini 
modda atomlarini uyg‟otoshga va ionlashtirishga yo‟qotadi (sarflaydi). 
Elektronlar moddadan o‟tganda modda atomlari bilan o‟zaro ta‟sirlashadi. 
Bunda elektronlar atom yadrolari bilan va atom elektronlari bilan ta‟sirlashadi.
Elektronlarning atom yadrolari bilan o‟zaro ta‟siri.  
Moddaga tushayotgan elektron atom yadrosida elastik sochiladi. Bunda atom 
yadrosiga yaqin uchib kelayotgan elektronning kinetik energiyasining ma‟lum 
qismi yadroga beriladi, lekin yadroga berilgan energiya katta bo‟lmaydi. Elektron 
moddadan o‟tganda, uning trayektoriyasi to‟g‟ri chiqziqdan farq qiladi. Uchib 
kelayotgan elektronning yo‟qotgan energiyasini baholash uchun uchib kelayotgan 
elektron massasi yadro massasidan kichik deb qaraladi, ya‟ni: (
). Bunday 
holda yadroga beriladigan impuls 
marta katta bo‟ladi (
-moddaga 
tushayotgan elektron zaryadi, 
-yadro zaryadi), yadro massasi esa elektron 
massasidan Am
p
ga katta bo‟ladi. 
Yadro massasi elektron massasidan katta bo‟lgani sababli yadro tezligining 
ortishi kichik bo‟ladi.
Uchib kelayotgan elektronning yadro va elektron bilan bir marta 
to‟qnashishida berilgan energiyalar nisbati quyidagicha ifodalanadi: 
(
)
(
)
(13) 
Bunda taqriban 
deb olinadi. 
Moddada yadrolar elektronlarga qaraganda 
marta kam bo‟ladi. Yadro 
bilan ta‟sirlashganda energiya yo‟qotishning elektron bilan ta‟sirlashganda 
ionlashtirishga energiya yo‟qotishga nisbati. 



)

)
(14) 
Bundan ko‟rinadiki, elektronning yadro bilan to‟qnashganda yo‟qotgan 
energiyasi, elektron energiyasining umumiy yo‟qotilishiga qo‟shgan hissasi 
ahamiyatli darajada emas. Lekin bunday to‟qnashuvlar zarralarning sochilishiga 
olib keladi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin