Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika


Doza quvvati (yutilgan doza quvvati)



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

Doza quvvati (yutilgan doza quvvati). Biologik namunalar nurlantirilganda 
turli vaqt oraliqlarida namuna bir xil doza olishi mumkin. Nurlanishning 
organizmlarga beradigan biologik effekti faqat doza kattaligiga bog‟liq bo‟lmay, 
balki dozani olish tezligiga ham bog‟liq. Shuning uchun vaqt birligi ichidagi 
dozani o‟lchash kerak, ya‟ni doza quvvatini o‟lchash kerak.
Doza quvvati deb vaqt birligi ichida dozaning o‟zgarishiga aytiladi. Doza 
quvvati P harfi bilan belgilanadi. Doza quvvati dozaning to‟planishi tezligini 
ko‟rsatadi. Vaqt o‟tishi bilan doza quvvati ko‟payishi yoki kamayishi mumkin.
Agar qandaydir vaqt oralig‟i 
𝛥t vaqtda dozaning o‟zgarishi 𝛥D bo‟lsa, u 
vaqtda doza quvvatining o‟rtacha qiymati quyidagicha aniqlanadi.


(1) 
Doza quvvatining vaqt o‟tishi bilan o‟zgarishi qonuniga asosan t vaqtdagi 
doza quyidagi formula yordamida aniuqlanadi. 

(2) 
Yutilgan doza quvvati birligi sifatida Gr/sek qabul qilingan.
Gamma nurlanishning ionlashtiruvchi ta‟sirini aniqlashda manbaning 
aktivligini, manba bilan nurlanayotgan namuna orasidagi masofani, manbadan 
chiqayotgan gamma-kvantlar energiyasini, manba o‟lchamini, shaklini bilish 
kerak. 
Nuqtaviy manba dozasining quvvati. Gamma-nurlanish chiqarayotgan 
nuqtaviy manba quvvati quyidagicha aniqlanadi: 
(3) 
Bu formulada: 
-ionizatsion gamma doimiylik bo‟lib, P.sm
2
/soat.mKu 
birlikda o‟lchanadi. P-doza quvvati rentgen/soat (P/soat) birlikda o‟lchanadi; A-
gamma manba aktivligi, mKu birlikda; R-nuqtaviy manbadan ionlashtirilgan 
(nurlantirilayotgan) namunagacha bo‟lgan masofa. Ushbu formuladan foydalanib 
nuqtaviy manba dozasi quvvatini aniqlash mumkin. Masalan, aktivligi 1 Ku 
bo‟lgan Co
60
nuqtaviy manbaning 1 m masofada xosil qilgan doza quvvati 
quyidagicha xisoblanadi: 
(3) formuladan foydalaniladi: 
-mKu birlikda. 
-bu qiymat jadvaldan olinadi. 
-1m=100 sm 
Katta o‟lchamdagi manbaning doza quvvati. Katta o‟lchamdagi manbalarda 
atrofga sochilgan 
𝛾-kvantlarning detektorga tushish imkoniyati faraz qilinadi. 𝛾-


kvantlarning detektorga tushish extimoliyati nurlanayotgan namuna o‟lchamining 
kattarishi bilan kattalashadi. Amalda katta o‟lchamdagi manba dozasi quvvati 
hisoblanganda nuqtaviy manba doza quvvati formulasidan foydalaniladi, natija 
tajribada tekshiriladi. + 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin