Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

Gamma-nurlanishlar xususiyatlari. Gamma-nurlar yuqori energiyali 
elektromagnit nurlanishlardir. Gamma-nurlanish jarayonida yadroning zaryadi, 
massa soni o‟zgarmaydi, faqat energiya o‟zgarishi ro‟y beradi. Gamma-nurlanish 
tinch holat massasi nol, zaryadsiz, spini S=1 ga teng bo‟lgan qisqa elektromagnit 
to‟lqinlardir. Gamma-nurlanish yadroga xos jarayon bo‟lib, yadrodagi 
nuklonlarning o‟zaro ta‟sirlashuvi natijasida yadro ichida vujudga keladi. Gamma-
nurlar yadrolarning bir energetik holatdan boshqa energetik holatdan boshqa 
energetik holatga o‟tganida hosil bo‟ladi. Masalan, atom yadrosining uyg‟ongan 
holatidan asosiy holatiga o‟tishida energiyasi har xil diskret qiymatlarga ega 
bo‟lgan bir yoki bir necha gamma kvantlar chiqaradi. Yadrolarning uyg‟onishi 
quyidagi jarayonlarda hosil bo‟lishi mumkin: 
1. 
Yadrolarning alfa, beta yemirilishida (γ-nurlar birinchi marta shu 
jarayonda aniqlangan). 
2. 
Yadroviy reaksiyalarda. 
3. 
Yadrolarning bo‟linishida. 
4. 
Uchib kelayotgan zaryadli zarralarning elektr maydoni ta‟sirida 
(Kulon uyg‟onish). 
Bu to‟rt holatda ham γ-nurlar hosil bo‟lishi ehtimoliyati mavjud. γ-nurlarning 
to‟lqin uzunligi rentgen nurlari to‟lqin uzunligidan ham kichik. Alfa, beta-
yemirilishlardan keyin hosil bo‟ladigan gamma-nurlanishlar energiyasi 10 KeV-5 
MeV gacha, yadroviy reaksiyalardan keyin esa 
MeV gacha yetishi mumkin. 
Gamma-nurlarning energetik spektiri deskrit bo‟ladi. Turli radioaktiv 
izotoplar yemirilishida hosil bo‟ladigan gamma-nurlanishlar spektiri turlicha-
murakkab yoki monoxromatik bo‟ladi, bu esa yemirilishda hosil bo‟ladigan 
gamma-kvantlar energiyasiga bog‟liq. Radioaktiv izotoplar gamma-spektirini 
bilish juda ko‟p ilmiy va amaliy ishlarda zarurdir.
Gamma-nurlar moddalardan kuchli o‟tish qobiliyatiga ega. Shuning uchun 
tashqi nurlanishda gamma-nurlar xavflidir. Gamma-nurlar havoda deyarli 
kuchsizlanmay katta masofalargacha yetishi mumkin. Kishi ustidagi hech qanday 
himoya kiyimi gamma-nurlanishni kuchsizlantira olmaydi. Qo‟rg‟oshin, po‟lat, 
beton kabi zichligi katta moddalar ma‟lum qalinlikda gamma-nurlarni 
kuchsizlantirishi mumkin. γ-nurlarning to‟lqin uzunligi qisqa bo‟lib, atomlar aro 
masofadan (10
-8
sm) ancha kichik. Energiyasi 1 MeV bo‟lgan γ-nurlar to‟lqin 


uzunligi 10
-10
sm. γ-nurlar γ-kvantlar deb ataluvchi zarralardan iborat. γ-kvantlar 
energiyasi bir necha 10 KeV dan yuqori. Hozirgi zamon tezlashgichlarida 
energiyasi 20 GeV ga yetadigan γ-kvantlar hosil qilinmoqda. γ-nurlar havoda 
yorug‟lik tezligiga teng bo‟lgan tezlik bilan tarqaladi, ionlashtirish qobiliyati alfa, 
beta zarralarga nisbatan past. 
1 sm uzunlikdagi havoda γ-kvantlar bir nechagina ionlar juftini hosil qiladi. γ-
nurlar moddadan o‟tganda γ-nurlarning modda atomlaridan urib chiqargan 
elektronlari ionlashtirishni hosil qiladi. x-qalinlikdagi muhitdan o‟tgan γ-kvantlar 
intensivligi quyidagi eksponensial qonun bo‟yicha kamayadi: 
(10) 
(10) formulada 
- γ-kvantlarning to‟liq yutilish koiffitsienti bo‟lib, modda 
xususiyatlariga va γ-kvant energiyasiga bog‟liq, 
-moddaga tushayotgan gamma 
kvantlarning intensivligi, 
-x qalinlikdagi moddadan o‟tgan gamma kvantlarning 
intensivligi. 
γ-kvantlarning chiziqli yutilish koeffitsientining γ-kvant energiyasiga 
bog‟liqligi, qo‟rg‟oshin uchun 5-rasmda ko‟rsatilgan 

2

0 0,50 1,00 1,50
5-rasm 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin