Atom odatlar nima? Atom zarra, odat biror holatga javoban o'ylamasdan avtomatik bajariladigan harakat



Yüklə 34,74 Kb.
səhifə1/7
tarix22.04.2023
ölçüsü34,74 Kb.
#101507
  1   2   3   4   5   6   7
ATOM ODATGA


Ushbu kitob menga odatlar qanday shakllanishi, arzimas bo'lib tuyulgan kichik odatlar katta maqsadlarni amalga oshirish uchun asosiy omil bo'lishini, uzoq vaqt davom etadigan odatlarning tarkibi bo'lgan ishoralar, kuchli ishtiyoq, javob reaksiyasi, mukofotlar zanjirini o'rgatdi.
Atom odatlar nima?
Atom - zarra, odat - biror holatga javoban o'ylamasdan avtomatik bajariladigan harakat.
Misollar:

  • Xona qorong'u, o'ylamasdan chiroq qidiramiz;

  • Telefon/Telegram signal beradi, avtomatik xabarni ochamiz.

Odat sodir bo'lishi 4 qismdan iborat:

  • Ishora;

  • Kuchli ishtiyoq;

  • Javob reaksiyasi;

  • Mukofot

Misol:
Telefon jiringlaydi(ishora) > kim xabar yozganini bilishni istaysiz(ishtiyoq) > telefonni olib, xabarni o'qiysiz(javob reaksiya) > Siz xabarni o'qib, nima yozilganini bilib olasiz (mukofot). Natijada Telefonni olish uni jiringlashiga bog'lanadi. Har safar telefon jiringlaganda yuqoridagi harakatni o'ylamasdan amalga oshiramiz.
Biror harakatni odatga aylantirishning foydasi nimada?
Odatga aylangan harakatni amalga oshirish uchun ong deyarli ishtirok etmaydi. Ishora paydo bo'lishi bilan harakatga tushamiz. Bu esa aql kuchimizni muhimroq masalalarga ajratishga imkon beradi. Jarroh ko'p takrorlash natijasida qanday qilib terini kesishni o'ylamaydi, qo'l xotirasi skalper berilishi bilan avtomatik ishga tushadi, natijada jarroh kesilish jarayonida kelib chiqqadigan holatlarga diqqatini qaratishi mumkin. Yoki erta tongda turishni odatga aylantirgan kishi har kuni "bugun tursammi yoki uxlasammi" degan savollar bilan mashg'ul bo'lmaydi, shunchaki ishora bo'lishi bilan tanamiz xotirada yozilgan harakatni (o'rindan turish)ni bajaradi.
Kitob bo'yicha qisqacha 4 xulosa:

  1. Har kungi kichik odatlar murakkab foiz shaklida o'sib, buyuk natijalarga olib keladi - haqiqiy o'zgarishga sabab bo'ladi.

  2. Maqsadlarimizga yetish uchun avvalo odatlar va jarayonlardan iborat tizim qurishimiz kerak. Biror marrani emas, tizimni yaxshi ko'rish muhimroq. (Yugurish musobaqasida g'olib bo'lish - maqsad, sog'lom turmush tarzi - tizim)

  3. Yaxshi yoki yomon bo'lsin odatlar paydo bo'lishi vaqt talab qiladi, shu sababli ko'p kishilar yarim yo'lda voz kechadi.

  4. Har kim yaxshi odatlarni to'g'ri yo'nalish asosida shakllantirishi, yomon odatlardan voz kechishi mumkin;

Taassurotlar
Kitob kutganimdek yaxshi yozilgan. Har doim takrorlaydigan odatlarni qayta ko'rib chiqishni o'rgatdi. Shu vaqtga qadar nima uchun o'zim xohlagan odatlarni shakllantiraolmaganim, yomon odatlarni tark etaolmaganim sabablarini, diqqatni maqsadga emas tizimlarga qaratish muhimligini tushundim. Kichik odatlarni shakllantirish orqali katta yoki kichik bo'lsin har qanday maqsadimizga erishaolishimizni angladim.
Kitobni kimlar o'qishi kerak?
Har bir insonning anglagan, anglamagan odatlari bor. Kitob inson xulq-atvori, odatlar haqida bo'lgani bois har qanday kishi nimadir foyda oladi. Ayniqsa quyidagi kishilar uchun tavsiya qilaman:

  • Rejalar, maqsadlar asosida yashashga intiladiganlar uchun;

  • Biror yomon odatdan qutulishni xohlovchi, ammo qanday qilishni bilmayotganlar;

  • Katta hayot ostonasida turgan, hayotini to'g'ri tizimlashtirishni istovchi yoshlar.

Hayotimda qanday o'zgarishlar bo'ldi?

  • Kitob kundalik hayotimga qayta nazar tashlashga, foydali odatlarni qo'shishga yordam berdi. (Har kuni yugurish, erta turish, sovuq dush qabul qilish odatlarini shakllantirishni boshladim);

  • Bundan buyon biror xulq-atvorni o'zgartiroqchi/shaklantirmoqchi bo'lsam, diqqatimni natijaga emas, kimlikni belgilab beradigan tizimga qarataman. Tizim maqsaddan ko'ra muhimroq. Marafonda g'olib bo'lishni maqsad qilgan kishi yutgach qayta yugurishga ishtiyoqini yo'qotadi, ammo yugurishni hayotining bir qismiga aylantirgan kishi marafon yutsa, yutmasa yuguraveradi.

  • Biror odatni vaqtida yoqmasa ham bajarish muhimligini angladim, hech qanday o'zgarish bo'lmasada odatlar zanjirini yo'qotmaslik uchun baribir bajarish kerkaligini tushundim.

  • Hayotda fors-major holatlar bo'ladi. Biror kun qaysidir odatni tark qilish ehtimolligi yo'q emas, ammo bu odat zanjirini buzishiga yo'l qo'ymaslik kerak. "Tark etish hech qachon 2 marta ketma-ket emas" qoidasini o'rgandim, buni tadbiq qilishga harakat qilyapman.

  • Kitobni o'qib avval e'tibor bermagan ko'p odatlarimni his qilyapman. Har qanday takrorlanadigan(yaxshi yoki yomon) kichik harakat vaqt o'tib odatga aylanadi va foydamizga yoki zararimizga ishlaydi.

  • Odatlarimni nazorat qilib borish uchun quyidagi ko'rinishdagi jadval tuzdim:

Kitobdan yoqqan fikrlar/iqtiboslar
Maqsadlar - erishilmoqchi bo'lgan yakuniy natija. Tizim esa (jarayon davomida) natijaga olib boradigan jarayonlardir.
Vaqt - muvaffaqiyat va mag'lubiyat o'rtasidagi chegara. Siz qaysi tomonga harakatlansangiz o'sha tomonga yaqinlashaverasiz. Yaxshi odatlar vaqtni sizning ittifoqdoshingizga aylantiradi. Yomon odatlar vaqtni dushmanga aylantiradi.
Yangi odat boshlayotganda uni imkon qadar oson qilish muhim, shunda mukammal sharoit bo'lmaganda ham qilmaslik uchun bahona qolmaydi;
Har bir harakatingiz o'zingiz orzu qiladigan kishi bo'lish uchun berilgan ovozdir. ("Every action you take is a vote for the person you wish to become.")
Nimani takrorlasangiz, shunga ega bo'lasiz ("You get what you repeat.")
Maqsadning mohiyati o'yinda g'olib bo'lish, Tizimning mohiyati esa o'yinda davom etishdir(g'olib bo'lsa, bo'lmasa) (The purpose of setting goals is to win the game. The purpose of building systems is to continue playing the game."
Qaydlar
Odatlar - o'z-o'zini takomillashtirishning murakkab foiz shaklida ko'payishidir. (Odatni har safar takrorlaganimizda kamolot sari karrasiga yaqinlashamiz.
Odatlar zararimizga ham ishlaydi. Har kuni biror kichik mayda yomon odatlarni 1 % dan takrorlaganimizda hammasi kun sayin yig'ilib oqibatda katta zarar keltiradi. Har kuni 1 marta sigaret chekish ayni vaqtda tanada jiddiy o'zgarish keltirmaydi, ammo yillar davomida yig'ilib o'limga ham olib kelishi mumkin

Yüklə 34,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin