Atom odatlar nima? Atom zarra, odat biror holatga javoban o'ylamasdan avtomatik bajariladigan harakat



Yüklə 34,74 Kb.
səhifə6/7
tarix22.04.2023
ölçüsü34,74 Kb.
#101507
1   2   3   4   5   6   7
ATOM ODATGA

haxsiyat > natija)

  • "Rahmat, chekmayman. Men chekishni tashlashga harakat qilyapman" - ya'ni o'zi chekuvchiman, faqat hozir chekishni tashlashga harakat qilyapman, ammo chekuvchilik shaxsiyatimda bor, qachondir chekishni tashlasam chekmaydigan insonga aylanarman (natija > shaxsiyat)

    Har bir harakat tizimi / odat ortida shaxsiyatlar mavjud. To'g'ri shaxiyatni shaklantirishga misollar:

    • Maqsad - kitob o'qish emas, maqsad - kitobxon bo'lish;

    • Maqsad - marafonda yugurish emas, maqsad - yuguruvchi bo'lish;

    • Maqsad - namoz o'quvchi emas, maqsad - namozxon bo'lish.

    Ko'pchiligimiz ongimizda o'zimizni qaysidir salbiy shaxsiyatga bog'lab qo'yganmiz:

    • "Men sportchi emasman";

    • "Men namozxon emasman";

    • "Matematika men uchun emas, matematikani tushunmayman";

    • "Kompyuterni tushunmayman, bular yangi narsada, biz tushunmaymiz"

    Yillar davomida ongimiz quloqlarimiz ostida biz mansub bo'lgan shaxsiyatlarni shivirlab tursa, sekin-asta odatlarimiz ham shunga mos shakllanadi(yaxshisi ham yomoni ham)
    Odatlarga rioya qilmasligimizning asl sababi - o'zingizni ana shu odat tegishli bo'lgan shaxsiyat bilan bog'layolmasligimizdir. Taraqqiyot o'rganishni talab qiladi. O'zimizning eng yaxshi versiyamiz bo'lish doimiy ravishda shaxsiyatimiz, kimligimizni savolga tutishni, ularni yangilash va kengaytirishni talab qiladi. Hech kim tug'ilganida muayyan shaxsiyat, kimlik bilan tug'ilmaydi. Biz ularni yillar davomida shakllantiramiz. Demak tajriba, takrorlash orqali ularni o'zgartiraolamiz.
    Har bir odat shaxsiyat, kimlik taklif qiladi. Agar siz bir kitobni tugatgan bo'lsangiz, ehtimol siz o'qishni yaxshi ko'radigan odamsiz. Agar siz sport zaliga boradigan bo'lsangiz, ehtimol siz jismoniy mashqlarni yaxshi ko'radigan odamsiz. Har kuni bomdod namoziga masjidga boradigan bo'lsangiz, erta turadigan odamsiz va hokazo.
    Har bir harakatingiz o'zingiz orzu qiladigan kishi bo'lish uchun berilgan ovozdir. ("Every action you take is a vote for the person you wish to become.")
    Odatni shaklantirish - bu butun hayotni "layfhaklar" (lifehacks) bilan o'tkazish emas. Bu ko'proq pul topish, boy bo'lish yoki boshqalarga yaxshi ko'rinish haqida emas. Albatta yo'l-yo'lakay yaxshi odatlar bularga ham erishishga yordam beradi.
    Yüklə 34,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin