Atom odatlar nima? Atom zarra, odat biror holatga javoban o'ylamasdan avtomatik bajariladigan harakat



Yüklə 34,74 Kb.
səhifə4/7
tarix22.04.2023
ölçüsü34,74 Kb.
#101507
1   2   3   4   5   6   7
ATOM ODATGA

Rag'bat/Mukofot oladigan qiling - Ongimiz biror harakatdan so'ng shu zahoti mukofot olishga moslashgan. Ong uzoq muddatli rag'batdan qisqa muddatli rag'batni ustun qo'yadi. Chekish uzoq muddatda zararligini bilsak-da ayni vaqtda asablarni tinchlantirgani uchun baribir chekamiz(bu yolg'on tushuncha ekanligi alohida mavzu). Shirin ovqatni ko'p yeyish zararlini bilsakda, ayni vaqtda maza qilganimiz uchun yeyaveramiz va hkz.
Ushbu qonuniyat asosida amaliy tavsiyalar:
Yaxshi odatlarni shakllantirish uchun:

  • Yaxshi odatni qilgach o'zingizni mukofotlang;

  • Odatlarni qayd qilib borish jadvalini yuriting;

  • Hech qachon 2 marta tark etmang. Biror kun qaysidir odatni tark qilish mumkin, ammo shu 1 kun odat zanjirini buzishiga yo'l qo'ymasin.

Yomon odatlarni tark etish uchun:

  • Yomon odat uchun rag'bat o'rniga jarima belgilang. Masalan har safar sigaret chekkanda 1$ alohida plastikka pul o'tkazishingiz mumkin. Yig'ilgan pulni esa o'zingizga yoqqan narsani sotib olsihga sarflaysiz. Faqat qoida tuzib unga qattiq amal qilish kerak.

  • "Odat shartnomasi" tuzing. Kim bilandir kelishuv tuzib shu odatni qilsangiz, javobgarlikni belgilab qo'ying.

Yaxshi odatni shakllantirish, yomon odatni tark qilish birdaniga sodir bo'lmaydi. Odat shakllanishi vaqt talab qiladi. Bu bois ko'pchilik yarim yo'lda voz kechadilar
Vaqt muvaffaqiyat va mag'lubiyat o'rtasidagi chegaradir. Siz qaysi tomonga harakatlansangiz o'sha tomonga yaqinlashaverasiz. Yaxshi odatlar vaqtni sizning ittifoqdoshingizga aylantiradi. Yomon odatlar vaqtni dushmanga aylantiradi.
Agar yaxshi odatni shakllantirish va/yoki yomon odatni tark qilishga qiynalayotgan bo'lsangiz bu sizning matonatsiz, chidamsiz ekaningizdan emas, balki ayni vaqtda latent potensial vodiysida(yashirin salohiyat vodiysi) ekanligingizdadir.
Latent potensial vodiysi - odat shakllanishi davomida tashqi natija ko'rinmaydigan davr. Muzlatgichdan muzni olganimizda biroz muddat u erimasdan turadi, garchi harorat o'zgarmasa ham birozdan so'ng erishni boshlaydi, ana shu muzlamasdan turgan vaqt - "latent potensial vodiysi" deyiladi. Sizning mehnatingiz samarasiz ketgani yo'q, shunchaki keyinroq katta natija ko'rsatish uchun potensial yig'ilmoqda xolos. Kitobdan shu haqida jamoat faoli Jeykob Riisdan iqtibos bor:
“Hech narsa oldinga siljimayotgandek tuyulsa, men borib, toshni bolg'a bilan urayotgan toshkesuvchiga qarayman, dastlabki yuz zarbada yoriqlar ko'rinmaydi. Biroq, yuz birinchi zarbada u ikkiga bo'linadi va men toshni aynan oxirgi zarba emas, balki oldingi zarbalar yorganini bilaman"

Yüklə 34,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin