Amaliy mashg’ulot: O‘zbek leksikografiyasi muammolari. (2 soat) Reja


O‘zbek lug‘atchiligi tarixining chig‘atoy (eski o‘zbek tili) davri



Yüklə 46,18 Kb.
səhifə5/17
tarix03.12.2023
ölçüsü46,18 Kb.
#171769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
6-mavzu

O‘zbek lug‘atchiligi tarixining chig‘atoy (eski o‘zbek tili) davri. O‘zbek lug‘atchiligi tarixida chig‘atoy tili deb nomlangan eski o‘zbek adabiy tili davri (XIV-XIX asrlar) alohida o‘rin tutadi.
XV-XVI asrlardan boshlab Alisher Navoiy ijodiga qiziqishning ortib borishi qator lug‘atlarning yaratilishiga olib keladi. Quyida shulardan ayrimlari haqida qisqacha ma’lumot beriladi:
«Badoe-ul lug‘at». Bu lug‘at XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida Sulton husaynning topshirig‘iga binoan hirotlik Tole Hiraviy tomonidan tuzilgan. U «o‘zbekcha-forscha lug‘at» xarakterida bo‘lib, mingga yaqin so‘z va iborani o‘z ichiga oladi. Lug‘atda ta’kidlanishicha, unda Alisher Navoiy she’riyati tilini izohlash maqsad qilingan.
Lug‘at qo‘lyozmasi Sankt-Peterburgdagi M.E.Saltikov-SHedrin nomli kutubxonada saqlanmoqda. U 1961 yilda prof.A.K.Borovkov tomonidan maxsus sharhlar bilan rus tilida nashr qilingan.
Abushqa (XVI asr) - chig‘atoycha-turkcha izohli lug‘at. Muallifi noma’lum. A b u sh q a so‘ziga izoh bilan boshlanganligi uchun, lug‘at shu so‘z bilan nomlana boshlangan. Bu so‘z eski o‘zbek tilida keksa, qari, nuroniy chol ma’nolariga ega bo‘lgan. Lug‘at Alisher Navoiy asarlari leksikasini izohlashga asoslangan, ammo unda Navoiy zamondoshlari asarlaridan ham misollar keltirilgan.
Abushqa 1862 yilda venger sharqshunosi G.Vamberi tomonidan venger tilida, keyin esa rus sharqshunosi V.V. Zernov tomonidan 1868 yilda nashr ettirilgan.
«Lug‘ati turki»-chig‘atoycha-forscha lug‘at. (Tuzuvchi –Fazlullaxon). Bu lug‘at XVII asrning ikkinchi yarmida tuzilgan bo‘lib, 1825 yilda Kalkuttada nashr etilgan. Unda eski o‘zbek tilining lug‘ati va grammatikasiga oid ma’lumotlar bor.
«Kelurnoma»- chig‘atoycha-forscha lug‘at. (Tuzuvchi-Muhammad Yoqub CHingiy). U XVII asrning oxirida yozilgan. Lug‘at 15 bobdan iborat, shundan 14 bobida o‘zbek tili fe’llari alifbo tartibida berilgan; 15-bobi 9 qismdan tarkib topgan, har bir qism alohida mavzuga bag‘ishlangan: 1-qismda kosmografiyaga oid so‘z va atamalar, 2-qismda geografiyaga oid so‘zlar, 3-qismda hayvon nomlari, 4-qismda ovchi qushlar va uy parrandalari nomlari, 5-qismda insonning ichki va tashqi a’zolari nomlari, 6-qismda ota-ona, qarindosh nomlari, 7-qismda harbiy terminlar, 8-qismda sonlar, 9-qismda esa grammatik shakllar berilgan.
Lug‘atning qo‘lyozma nusxalaridan biri o‘zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik institutida, ikkinchisi London muzeyida saqlanadi.
«Sanglah»-Mehdixon Muhammad Nizomiddin Muhammad Hodiy al-Husayniyning chig‘atoycha-forscha lug‘ati. U 1760 yilda yozib tugatilgan. Uning "Xulosai Abbosiy"deb nomlangan qisqartirilgan varianti ham bor. Lug‘at 6 ta mabna (bob)dan tarkib topgan. Ularda fe’llar, fe’l qo‘shimchalari, unlilar uyg‘unlashuvi, kishilik va ko‘rsatish olmoshlari, kelishik qo‘shimchalari, so‘roq olmoshlari, sifatlarning qiyosiy darajalari, so‘z yasalish modellari, qo‘shma fe’llar, frazeologizmlar, fonetikaga oid kuzatuvlar, imlo, turkiy va fors tillari o‘rtasidagi aloqalar haqida ma’lumot beriladi.
Lug‘atning materiali Alisher Navoiyning 12 ta she’riy va 9ta nasriy asari tiliga asoslangan, ammo unda Bobur, Fuzuliy, Husayin Mirzo, Lutfiy, Sa’didin Safoyi, Rumiy, Ali Usmon asarlari tilidan foydalanilgan o‘rinlar ham bor.
Asarda muallif yoshligidan Alisher Navoiy she’rlarini o‘qishga juda qiziqqanligini, shu bois buyuk so‘z sultoni Alisher Navoiy asarlari tilini tushunib olishga yordam beradigan kitob yozishni maqsad qilganini aytadi.
"Sanglah"ning bir necha qo‘lyozmalari bizgacha yetib kelgan, ular Londondagi Britaniya muzeyida, Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasida va Kalkuttadagi kutubxonada saqlanadi.

Yüklə 46,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin