Amaliy mashg’ulot: O‘zbek leksikografiyasi muammolari. (2 soat) Reja



Yüklə 46,18 Kb.
səhifə9/17
tarix03.12.2023
ölçüsü46,18 Kb.
#171769
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
6-mavzu

Umumiy ensiklopedik lug’atlar (UEL) Ma’lumki, UEL alfavit tartibida bo’lib, ularda so’zlar emas balki shu so’zlardan anglashilgan tushunchalar uchun asos bo’lgan narsalar tarixiy voqyealar, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, shaxslar geografik nomlar haqida ma’lumot beriladi va lug’at maqolalari lug’atdagi tavsif lug’at maqolasi deyiladi) lug’at yozilgan tilni tushunuvchi keng o’quvchilar ommasiga mo’ljallangan bo’ladi. O’zbekiston milliy enseklopediyasi ana shunday lug’atlardan biridir. Unda shunday deyiladi O’zME (O’zbekiston Milliy enseklopediyas universal enseklopediya bo’lganligi uchun fan-texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid ma’lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat sivilizasiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iboratdir. Prezident I.Karimov O’zME ga yozgan so’zboshisida u haqda Enseklopediyamiz o’zining ilmiy jihatdan chuqur, ayni vaqtda ommabopligi bilan keng kitobxonlar orasida obro’-e’tibor topib jahonning nufuzli qomuslari qatoridan munosib o’rin olishiga ishonchim komil deb, uning funksiyasini alohida ta’kidladi. Quyida O’zME maqolalaridan namunalar beramiz
LAYLATUL-QADR (arab, -qadr kechasi) -islom aqidasiga ko’ra ramazon oyining 26-dan 27-ga o’tar kechasi. Bu kechaning ulug’lanishi Qur’oni karimning shu kechada nozil etila boshlangani, bu kecha ming oydan afzal ekani to’g’risida Qur’onda bashorat berilgani bilan izohlanadi. Unda aytilishicha. bu kechada osmon farishtalari Jabroil hamrohligida yerga tushib tong paytigacha bir yillik bo’ladigan ishlar rejasini tuzadilar. Ular tuni bilan yana musulmonlar uchun istig’for aytib gunohlarini kechirishini so’rab, Allohga iltijo qiladilar. Yana q. Isro va me’roj.
KO’LTO’SIN - Samarqand viloyati hududidagi tekislik. Qorachatog’ning shim. etagida, tog’ oldi botig’ining turli oqiziqlar va ko’l cho’kindi jinslari bilan to’lishidan hosil bo’lgan. To’sinsoy Qorachatog’ni kesib. Zarafshon vodiysiga chiqqandan so’ng ko’l suvi oqib chiqib ketgan. Yer yuzasi To’sinsoyga tomon kulrang tusli gil jinslari tog’ yon bagrida 20 m gacha balandlikda uchraydi. Ko’lto’sin ekinzor va bog’larga aylantirilgan. Quruqsoy, Nuqatsoy, Ilonlisoydan sug’oriladi.
MALINKE - maninka-G’arbiy Afrikada tarqalgan mande tillaridan biri, bamana va diula tillari bilan birgalikda mandingo til birligini tashkil etadi. Senegal, Gvineyada qisman Mali, Liberiya, Syerra-Leoneda tarqalgash unda 4 mln. ga yaqin kishi so’zlashadi. Anchagina lahjalari bor konya, koranko, manya, mau sinya va b. Malinkeda unlilar tizimi rivojlangash ochiq, cho’ziq va burun fonemalar bu uch belgi-xususiyat bir fonemaning o’zidan namoyon bo’la oladi. Morfologayasi yaxshi rivojlanmagan analitik til bo’lganligi sababli, M.da sintaktik vositalar. xususan. gapda qat’iy belgilangan so’z tartibig ko’makchilarning alohida o’rni katga ahamiyatga ega. (O’zME)
Maxsus enseklopedik lug’atlar (MEL) fan-texnika, sanat va madaniyatning ma’lum bir sohasiga oid tushunchalarni shu soha qiziquvchilari va mutaxassislari uchun mo’ljallab tavsiflaydi Bunday lug’atlar sifatida soha ensiklopedik lug’atlari «Medisina ensiklopediyasi», «fizicheskiy ensiklopedicheskiy slovar», «Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar» kabilarni misol qilib keltirish mumkin. UELlardan farqli ravishda. MELlar tor sohaga doir tushunchalarni keng va batafsil sharhlaydi. Masalan, rus tilida yaratilgan «Lingvisti-cheskiy ensiklopedicheskiy slovar»da shunday deyilada. Bu lug’at turli ixtsosliklardagi filolog-tilshunoslar va ilmiy xodimlarning keng doirasiga. Shuningdek, tilshunoslik bilan yaqin bo’lgan sohalar-psixologlar. mantiqshunoslar. Filosoflar, etnograf va adabiyotshunoslarga mo’ljallangan. Quyida «Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar»dan namuna keltiramiz unday lug’at o’zbek tilida yaratilmagani uchun olingan maqolaning tarjimasini beramiz).
AKKOMODASIYA (lat. Assomodatio-moslashish) tovushlarning kombinator o’zgarishlaridan biri qo’shni undoi va unlilarning qisman moslashuvi. Akkomodasiya shunday xulosaki, keyingi tovushning ekskursiyasi artikulyasiyasining boshlanishi oldingi tovushning rekursiya (artikulyasiyasining tugashiga) moslashadi (progressiv akkomodash yoki oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashadi. Ayrim tillarga unlining undoshga moslashishi xosdir. Masalan, rus tilida a, o, u unlilari yumshoq undoshlardan keyin til oldi unlilariga aylanadi ularning artikulyasiyasi ekskursiyaga intilgan qiyoslang «mat»-«myat» «mol»-«myol», «luk»-«lyuk». Boshqa tillarda esa undoshning unliga akkomodasiyasi kuzati-ladi. masalan. fors tilida til oldi unlisidan oldin kelgan undosh tanglaylashadii. (22-bet)
Ko’rinadiki, maxsus ensiklopedik lug’at soha mutaxassislari uchungina zarur bo’lgan tushunchani ana shu soha ilmiy uslubiga xos ifoda bilan tasvirlaydi.
Umumiy filologik lug’atlar barcha soha kishilari, keng foydalanuvchilar ommasiga mo’ljallangan izohli, imlo, orfo-epik, tarjima lug’atlardir. «O’zbek tilining izohli lug’ati (O’TIL) «Ruscha o’zbekcha lug’at» ana shunday lug’atlar sirasiga kiradi. Shu boisdan O’TILda shunday deyiladi «Lug’at keng o’quvchilar ommasiga-tilshunoslar, o’rta va oliy maktab o’quvchilari va o’qituvchilari yozuvchilar, jurnalistlar, gazeta va nashriyot xodimlari va o’zbek tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo’ljallangan.» (1-tom, 5-bet izohli lug’at so’zning ma’nosini shu tilda sharhlaydi, izohlaydi va so’zni shu ma’nosi bilan nutq tarkibida beradi. Misollar

Yüklə 46,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin