Amaliy mashg’ulot: O‘zbek leksikografiyasi muammolari. (2 soat) Reja



Yüklə 46,18 Kb.
səhifə10/17
tarix03.12.2023
ölçüsü46,18 Kb.
#171769
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
6-mavzu

BAQIRLAMOQ Baqir-buqur ovoz chiqarib qattiq qaynamoq. [Hamrobibi] dasturxon yozdi. baqirlab qaynayotgan samovarni keltirib qopqoqlab qo’ydi. R.Fayziy El mehri.
Yoz 1 Yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli. Laylak keldi - yoz bo’ldi. Dangasaning ishi bitmas yoz kelsa ham qishi bitmas.
2 ko’chma Umrning eng xullagan yaxshi davri. Yozim o’tdi, chiroyingizga to’q bu quvnoq ko’ngil. G’ayratiy.
Ko’ngli yoz bo’ldi Ortiq sevinib, bahri dili ochildi. Negadir otashin ko’ngli yoz bo’lib ketdi. O’.O’marbekov. Charos.
Umumiy izohli lug’atda lug’aviy birliklarning barcha grammatik, uslubiy frazeologik birliklar tarkibida qatnashish, omonimik, qaysi tildan o’zlashganlik belgilari ko’rsatiladi.
O’zbek tilining bu tipdagi lug’ati birinchi marta 1981 yilda Moskvada nashr etildi. Boy leksikografik an’analarning davomi sifatida o’tgan asrning 50-80 - yillari mobaynida o’zbek tilshunosligida erishilgan va o’zbek leksikografiyasini tilshunoslikning tez rivojlanib borayotgan mustaqil sohasiga aylantirgan ulkan muvaffaqiyatlari tufayli yuzaga kelgan (1-tom bet «O’zbek tilining izohli Lug’ati» o’zbek xalqi tarixi va ma’naviyati taraqqiyotida ulkan hodisa bo’ldi. Lug’atning asosiy vazifasi o’zbek adabiy tilining so’z boyligini to’plash va tavsiflash bilan birga, uning me’yorlarini belgilab berish va mustahkamlashdan ham iboratki, unda adabiy tilning imlo, talaffuz, so’z yasash va ishlatish me’yorlari tavsiya etildi» (1-tom, 5-bet.
Demak, o’zbek tilining ilk izohli lug’ati o’z oldiga qo’ygan o’zbek adabiy tilining so’z boyligini to’plash va tavsiflash hamda uning me’yorlarini belgilashdan iborat tarixiy vazifalarini sharaf bilan yuqori darajada uddaladi. Biroq tilshu­noslik fanining rivoji, o’rganish manbaiga yondashuv omillari va metodologiyasining taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichida ijtimoiy fanlarga qo’yiladigan yangicha talablarning yuzaga kelishi ijtimoiy ong shakllaridan bo’lgan tilning ilmiy talqinida ham yangicha qarashlar shakllanishiga olib keladi.
Leksemalarning lug’aviy ma’nosi talqinida lison va nutqni izchil farqlash talabi har bir so’zga xos barqaror lisoniy va o’tkinchi nutqiy jihatlarni ajratishni taqozo qiladi. Nutqiy hodisalar cheksizlik va rang-baranglik tabiatiga ega bo’lganligi bois leksikografik talqinlarning obyekti bo’la olmaydi. Lug’atlar so’zlarga xos barqaror jihatlarnigina qamrab olish imkoniga ega. Demak, semasiologiya sohasida amalga oshirilgan izchil sistemaviy tadqiqotlar lug’at tartib berishda muhim tayanch omil bo’lib, leksikografni beadad nutqiy ma’nolarni tartibga keltirish va lug’atlarga kiritish hamda izohlash mushkulotlaridan xalos etadi. Bunda har bir voqyelangan nutqiy lug’aviy ma’noda qorishgan o’zga hodisalar tajallilarini e’tibordap soqit qilish, ushbu birlik (leksemaning)ning asl zotiga daxldor bo’lgan unsurni ajratish va tavsiflap leksikografik talqinda muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, «O’zbek tilining izohli Lug’atiyada [o’tmoq] fe’lining 3 ta leksikografik ma’nosi ajratilgan. Ma’nolardan ko’pchiligida bu so’z o’z asl zotiga isoniy sathdagi mohiyatiga) aloqador bo’lmagan balki o’zi birikayotgan so’zlarga bog’liq turli-tuman ma’nolarni voqyelantiradi. Qiyoslang O’TMOQ
1.Biror narsaning ichidan. ustidan yoki yonidan yurib. uchib suzib narigi tomonita yetmoq, ko’chmoq, Ko’prikdan o’tmoq. Tunneldan o’tmoq. Chegaradan o’pmoq...
4 Teshik, eshik kabi biror joyning bir tomonidan kirib narigi tomonidan chiqmoq. Ip igna teshigidan o’tmadi. 2.Uyda xizmatchi ovqat qo’ygan ekan, san’atkorning tomogidan hyech narsa o’tmadi- ikki piyola choy ichdi, xolos.(A: Qahhor
5 Biror tomonga yo’nalmoq. – yurib, suzib yoki uchib biror tomonga jo’namoq biror tomonga qarab yurmoq. Bu daryodan har kuni uch marta paroxod o’tadi.
6 Tezroq yurib yoki yurgizib. boshqalardan oddin ketmoqg quvib yetib o’zmoq. Goh Afandi eshakda goh eshak Afandidan o’tib uyga yetdilar. («Latifalar»)
Ko’rinadiki, lug’at ma’nolari tavsiflari, o’tish harakatining xarakteriga ko’ra emas, balki harakat ustida berilgan predmetlarning xususiyatlariga ko’ra amalga oshirilgan va shu asosda [o’tmoq] fe’li nutqiy ma’nosidagi sintagmatik yondoi hodisalarning tajallilari o’z izlarini qoldirganligi e’tiborga olinmagan. Zero. Tunneldan o’tmoq (-ma’no), Igna teshigidan o’tmoq (4-ma’no) misollaridagi (o’tmoq) fe’lining nutqiy ma’nolari o’z zotiy tabiati asosida emas, balki bu harakatning nimada amalga oshayotganligi (tunnel orqali o’tish, teshik orqali o’tish bu harakatni nima amalga oshirayotganliti (kishi, texnika yoki ip va o’tish teshigining katta-kichikligi (tunnelning nisbatan uzun masofali ekanligi, igna teshigining kichikligi asosida farqlanadi. Har ikkala holatda ham harakat mohiyatida farq kuzatilmaydi. Demak, (o’tmoq) fe’lining 1-, 4- 6- leksikografik ma’nolaridagi farq o’zga hodisalar u yerda birikuvchi so’zlar denotatlaridagi farqlar) tajallilari asosida bo’lib, bunday yondashuv asosida ushbu ma’nolarning sonini yanada davom ettirish mumkin: Demak, lug’atda bir so’zning, deylik, 20-30 talab nutqiy ma’nolarini izohlash, uning empirizmga asoslanganligini ko’rsatsa, faqat sememalarga tayanish lug’atning sememik taxdil doirasidan tashqariga chiqa olmaganligidan dalolat beradi.
40-50- yillarda shakllangan va asr nihoyasida katta yutuqlarni qo’lga kiritgan o’zbek tilshunosligi xususan, uning tarkibiy qismi bo’lgan o’zbek tili leksikografiyasi taraqqiyotiga jahon va rus tilshunosligining ta’siri katta bo’ldi. Rus tili leksikografiyasi an’analari milliy tillar lug’atchiligida ham rivojlantirilishi bilan birga, ular uchun namuna vazifasini ham o’tadi. Biroq bu namunaviylik va an’ana ko’p hollarda andozaviylikka aylanib bordi. Chunki milliy tilshunosliklar uchun metodologiya vazifasini milliy tillarning ichki ontologik qurilishi jihatidan rus tiliga yaqinligi, o’xshashligini asoslash ta’limoti o’tar edi. Bu metodologik tamoyillarga I.Stalinning «Marksizm va tilshunoslik masalalari» asarida asos solingan edi. Natijada 60-70 yillarda sobiq sho’ro tuzumi xududidagi yuzdan ortiq millat va elatlarning yagona xalq - sovet xalqiga aylanayotganligi haqida tarixiy uydirmalar vujudga keldi. Barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining maqsadi ham mana shu soxta haqiqatini asoslashga qaratilgan edi. Shu tarzda o’zbek tilshunosligida rus tili qurilishi andozaliligi o’rnashdi va fanda bu chayir illat hanuz mustahkam o’rnashib turibdi. Quyida o’zbek leksikografiyasining ulkan yutug’i sanalishga haqli ikki tomli «O’zbek tilining izohli Lug’ati»ni S.Ojegov tahriri ostidagi «Slovar russkogo yazыka (qisq.SRYa) lug’ati bilan mazkur metodologiyaga munosabat nuqtai nazaridan qiyoslashga harakat qilamiz.
Avvalo, lug’atlarda aynan yoki nisbatan aynan tarjima maqolalar mavjudligini ta’kidlash lozim.
Ma’lumki, «Izohli lug’at» keng o’quvchilar ommasiga mo’ljallangani bo’lib. buning uchun leksikografik talqinda ijtimoiy shartlangan ma’nolardan kam qo’llanishga ega, terminologik ma’nolar talqiniga o’tib borilmog’i lozim. Biroq, «O’zbek tilining izohli Lug’ati»da bu borada qatiylik kuzatilmaydi. Masalan ayrim so’zlar talqinida terminologik ma’no birinchi o’ringa chiqariladi va qolgan ma’nolar keyin beriladi. Misol sifatida til so’zi talqiniga diqqat qilaylik.
«O’zbek tilining izohli Lug’ati»da
TIL 1 anat. og’iz bo’shlig’ida joylashgan ta’m-maza bilish, kishilarda esa bundan tashqari, nutq tovushlari hosil qilish uchun xizmat qiladigan a’zo.
SRYada:

Yüklə 46,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin