Amaliy mashg’ulot: O‘zbek leksikografiyasi muammolari. (2 soat) Reja



Yüklə 46,18 Kb.
səhifə3/17
tarix03.12.2023
ölçüsü46,18 Kb.
#171769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
6-mavzu

Imlo lug‘ati so‘zlarni amaldagi imlo qoidalariga muvofiq ravishda qanday yozish kerakligini o‘rgatadi. Demak, bunday lug‘at hammabop va amaliy tabiatga ega bo‘ladi va unga S.Ibrohimov va M.Rahmonovlarning 1956, 1964-yillarda «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan nashr etilgan, S.Ibrohimov, E.Begmatov va A.Ahmedovlarning 1976-yilda «Fan» nashriyoti tomonidan chop etilgan kirill yozuviga doir imlo lug‘atlarini kiritish mumkin.
1995-yilda Sh. Rahmatullayev va A.Hojiyev tuzgan lotin imlosidagi imlo lug‘ati «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan chop etildi.
Orfoepik lug‘atda so‘zning to‘g‘ri adabiy talaffuzi ko‘rsatiladi. Bunday lug‘at birinchi marta kichik hajmda M.Sodiqova va O‘.Usmonova tomonidan «O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati» nomi bilan 1977-yilda «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan bosib chiqarildi.
Maxsus filologik lug‘at tor o‘quvchilar ommasi – tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchilar va boshqa ilmiy tadqiqotchilarga mo‘ljallangan bo‘ladi. O‘zbek tilining morfem, chastotali, ters, o‘zlashma so‘zlar, frazeologizm, sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektizm, terminologik, etimologik lug‘atlar shular jumlasidan.
Morfem lug‘atda leksik birlikning tarkibi – morfemik strukturasi ko‘rsatiladi. Bunday lug‘at birinchi marta A.G‘ulomov, A.N.Tixonov, R.Q.Qo‘ng‘urov tomonidan tuzilib, 1977-yilda «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan chop etilgan.
Chastotali lug‘atda so‘zning qo‘llanish darajasi haqida ma’lumot beriladi. I.A.Kissen muallifligida chop etilgan «Словаръ наиболее употребителных слов современного узбекского литературного языка» (Tашкент, 1970) lug‘ati chastotali lug‘at bo‘lib, unda ma’lum bir tanlangan matnlarda so‘zlarning qo‘llanilish chastotasi (takrorlanganlik miqdori) ko‘rsatiladi. Bunday lug‘at S.Rizayev, Z.Hamidov, N.Axmatov, N.Mamadaliyeva, R.Zohidov tomonidan alohida asarlar bo‘yicha tuzilgan.
Ters lug‘atda so‘z teskari tomondan oxiridan alfavit tartibida joylashtiriladi. Bu ham lingvistik lug‘at bo‘lib, R.Qo‘ng‘urov va A.Tixonov tomonidan «Обратный словаръ узбекского языка» nomi bilan 1969-yilda Samarqandda chop etilgan. Undan namuna keltiramiz:
serharajat
hujjat
xat-hujjat
behujjat
murojaat
hojat
muhofazat
ijozat
beijozat.
O‘zlashma so‘zlar lug‘atida o‘zbek tiliga boshqa tildan kirib kelgan so‘z izohlanadi. Bu tipdagi lug‘at izohli lug‘atning bir ko‘rinishi. Ular qaysi tildan o‘zlashgan so‘zlarni izohlashiga ko‘ra turlicha nomlanadi. Masalan, O.Usmon va R.Doniyorovlar tomonidan 1965-yilda nashr etilgan «Ruscha-internatsional so‘zlar izohli lug‘ati»da rus va boshqa Yevropa tillaridan kirib kelgan so‘zlar izohlangan.
Frazeologik lug‘at ham maxsus lingvistik lug‘atning bir turi bo‘lib, Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Toshkent, 1978) bunday lug‘atning mukammal namunasidir. Undan misollar keltiramiz.
«Qulog‘(i)ga chalinmoq nima kimning? Biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. O‘xshashi: qulog‘(i)ga kirmoq. Erkaklar orasidagi gap Asalbibining qulog‘iga chalingan edi. (Oybek. Oltin vodiydan shabadalar.) Uzoqdan traktorning guvillagan ovozi quloqqa chalindi. R.Fayziy. Cho‘lga bahor keldi.
«Qurimoq – yostig‘ini quritmoq: yostig‘i quridi: tinka-madori quridi: tinkasini quritmoq: esim qursin» (375-bet).
Onomastik lug‘at o‘zbek leksikografiyasining alohida sohasiga aylandi. Bunday lug‘atda atoqli ot (onomosionim), toponim yoki antroponim izohlanadi va ular etimologik lug‘atning o‘ziga xos ko‘rinishi. Bunga T.Nafasov tomonidan tuzilgan «Janubiy O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati»ni, S.Qorayevning «Joy nomlarining izohli lug‘ati»ni misol qilib keltirish mumkin.
Dialektal lug‘at o‘zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo‘lgan leksik birliklarni qayd qiladi. Bunday lug‘at, umuman, o‘zbek tilining barcha shevalariga xos yoki ma’lum bir sheva so‘zini izohlashga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 1971-yilda mualliflar jamoasi tomonidan «Fan» nashriyotida chop etilgan «O‘zbek xalq shevalari lug‘ati»ni bunga misol qilib keltirish mumkin. Lug‘atdan misol keltiramiz:
Govara (Buxoro) beshik;
Gavdo‘sha (Buxoro) xurmo;
Gajdim (Nayman) chayon (62-bet).
Terminologik lug‘atlar ma’lum bir sohaga tegishli so‘zni izohlaydi. Terminologik lug‘at izohli yoki tarjima ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Demak, terminologik lug‘atni bir tilli va ko‘p tilli lug‘atga bo‘lish mumkin. Quyida A.Hojiyevning «Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati» (Toshkent, «O‘qituvchi», 1985) dan namuna keltiramiz:
«Kriptologiya. Maxfiy tillar, ularni tuzish qonuniyatlarini, rasshifrovka qilish usullarini o‘rganuvchi fan.
Komakchili aloqa. So‘zlar o‘rtasida ko‘makchilar vositasida yuzaga keladigan aloqa: qalam bilan yozmoq, uyga qadar yugurmoq kabi.»
Tarjima lug‘atlar bir tildagi so‘z ma’nosining boshqa tilda ifodalanishi, berilishini ko‘rsatadi. Ruscha-o‘zbekcha lug‘atdan misol:
Разбогатетъ сов- (несов, богатет) boyimoq, boyib ketmoq, davlat orttirmoq.
Саревна - malika, shohbeka (podshohning qizi).
Tarjima lug‘ati ikki tilli yoki ko‘ptilli bo‘lib, lug‘atlarda so‘z ikkitadan ortiq tilda beriladi. Bunday lug‘atlar juda kam.
Tarjima lug‘atlari qanday birliklarni ifodalashiga ko‘ra turlicha bo‘ladi:

  1. leksik birliklar lug‘ati;

  2. frazeologizmlar lug‘ati;

  3. har ikkala birliklar lug‘ati;

  4. maqollar lug‘ati.

1984-yilda Toshkentda nashr etilgan ikki tomli «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at» leksik birliklar lug‘atidir.
Frazeologik birliklar tarjima lug‘atiga M.Sodiqovaning «Ruscha-o‘zbekcha frazeologik lug‘ati» (Toshkent, 1972) namuna bo‘ladi. Undan ayrim misollar keltiramiz:
Ахнутъ не успел – ko‘z ochib-yumguncha, bir zumda: og‘iz ochib bir narsa deguncha: bir og‘iz ham gap aytolmay qoldi (14-bet).
Без задных ног- juda charchab holdan toygan, sulayib qolish (82-bet).
O‘zbek lug‘atchiligi axborot texnologiyalari asosida rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ymoqda.

Yüklə 46,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin