Амалий машулот б´йича дарс ´тиш


Qorin tashqi churralari klassifikatsiyasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#45707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Amaliy mashgulot. Qorin churralari

 

Qorin tashqi churralari klassifikatsiyasi. 

A. Kelib chiqishiga ko‘ra: 

I. Tug‘ma churralar. 

II. Orttirilgan churralar. 

1. Zo‘riqishdan bo‘ladigan churralar. 

2. Darmonsizlikdan bo‘ladigan churralar. 

3. Operatsiyadan keyingi churralar. 

4. Travmatik churralar. 

5. Patologik churralar. 



B. Anatomik joylashuviga ko‘ra: chov, son, kindik, epigastral, xanjarsimon o‘siq 

churralari,  qorinning  yon  churralari,  bel,  quymich,  yopqich  teshik,  oraliq  chur-

ralari. 

V. Klinik kechishiga ko‘ra: 

1. Asoratlanmagan (to‘g‘rilanadigan) churralar. 

2.  Asoratlangan  churralar  (to‘g‘rilanmaydigan,  qisilgan,  koprostaz,  churra  yal-

lig‘lanishi). 



G. Rivojlanish bosqichlari bo‘yicha: 

1. Noto‘liq (boshlang‘ich, kanal, urug‘ tizimchasi churrasi). 

2. To‘liq. 

Churraning  tarkibiy  elementlari  —  churra  darvozasi,  churra  qopchasi,  churra 

ichidagi narsa, churra pardalaridir. 



 

Churra  darvozalari  —  qorin  devorining  churra  chiqadigan  kuchsiz  joylaridir  (chov 



chuqurchasi,  kindik  halqasi,  qorinning  oq  chizig‘i,  diafragmadagi  teshik).  Normada  bu 

teshiklar  orqali  u  yoki  bu  anatomik  tuzilmalar  o‘tadi  (urug‘  tizimchasi,  bachadonning 

yumaloq,  boylami,  tomir-nerv  dastalari  va  x,  k.).  Travmatik  va  operatsiyadan  keyingi 

churralarda  qorin  shikastlanganda  muskullar  va  aponevrozlarda  yoki  xirurgik  oper-

atsiyada hosil bo‘lgan teshiklar churra darvozalari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Churra 

darvozalari  operatsiyadan  keyingi  vertikal  churralarda  yoriq  ko‘rinishida  yoki  katta 

o‘lchamli bo‘lishi mumkin. Darvozalarining o‘lchamlariga ko‘ra churra darvozasi kichik 

(diametrda 2 sm gacha), darvozasi o‘rtacha (2 dan 4 sm gacha) va churra darvozasi katta 

churralar (4 sm dan ko‘p) farq qilinadi. 

Churra  darvozasi  —  qorin  pardasining  churra  darvozalari  orqali  chiqadigan  ichki 

organlarni qoplab  turadigan  parietal  varag‘idir.  Tug‘ma  chov  churralarida  qorin parda-

sining  o‘sib  yetilmagan  qin  o‘simtasi  (processus  vaginalis  peritonei)  churra  qopchasi 

bo‘lib hisoblanadi. 

Churra  qopchasida:  og‘zi,  bo‘yinchasi,  tanasi  va  tubi  farq  qilinadi.  Churra  xal-

tachasi turli o‘lchamda va shaklda bo‘lishi mumkin. 

Xaltacha  qorin  bo‘shlig‘i  bilan  tutashadigan  joy  og‘zi  deyiladi.  Bo‘yinchasi  — 

churra xaltachasining og‘zi bilan tutashadigan eng tor  uchastkadir. Bo‘yinchada aksari-

yat churra qisilishi ro‘y beradi. 

Asoratlanmagan  churralarda  xaltacha  devori  qorin  pardasining  silliq  yupqa 

varag‘idan iborat bo‘ladi, uning yuzasida yog‘ qatlamlari bo‘lishi ehtimol. Asoratlangan 

churrada  xaltacha  devori  doimo  shikastlanib  turishi  natijasida  u  qalin  tortadi,  biriktiru-

vchi  to‘qima  rivojlanishi  va  xaltacha  ichida  bitishmalar  borligi  hisobiga  dag‘al  bo‘lib 

qoladi.  Churra  qopchasi  ichki  yuzasi  xaltacha  ichidagi  narsa  bilan  yoki  devorlarining 

bir-biri bilan bitib qolishi oqibatida churra to‘g‘rilanmaydigan bo‘lib qoladi. 

Churra  xaltachasining  to‘liq  obliteratsiyasi  deyarli  bo‘lmaydi.  Aksariyat  xaltacha 

ikki  yoki  uch  bo‘shliqli  tuzilmaga  aylanadi,  yoki  «qum  soat»  ko‘rinishini  oladi,  uning 

devorida kistalar paydo bo‘lmaydi. 

Churra  xaltachasi  embrional  kindik  churralarida  bo‘lmasligi  mumkin,  ulardagi 

tushgan  ichki  organlar  amnion  bilan  qoplangan.  «Sirpanuvchi»  churralarda  ham  xal-

tachasi  qisman  bo‘lmaydi.  Bu  qorin  bo‘shlig‘idan  tashqarida  joylashgan  organ 

(ko‘richak, qovuq) chiqqanda va qorin pardasi yorilgan soxta travmatik churralarda ku-

zatiladi.  N.  V.  Antelava  ma'lumotlariga  ko‘ra  sirpanuvchan  churralar  4,6%  xollarda 

uchraydi. 

Parda churralari churra bilan birga chiqadigan  va churra  xaltachasini qoplab oladi-

gan  qorin  devorining  hamma  katlamlarini  hosil  qiladi.  Ularga  qorin  pardasi  oldidagi 

kletchatka,  fassiya  plastinkalari,  muskul  tolalari  (masalan,  m.  cremaster),  urug‘  tizim-

chasi elementlari kiradi. 

Churra  xaltachasida  qorin  bo‘shlig‘idagi  organlardan  xar  qaysisi  bo‘lishi  mumkin. 

Ichki organlardan ayrimlari quyidagi tartibda uchraydi: 

a) ingichka ichak qovuzlog‘i; b) charvi; v) ichak tutqich bilan ta'minlangan yo‘g‘on 

ichak  bo‘limlari;  g)  chuvalchangsimon  o‘simta  va  yo‘g‘on  ichakning  yog‘ 

qo‘shimchalari;  d)  bachadon  naychalari  va  tuxumdon,  ba'zan  bachadon;  ye)  ichak 

tutqich;  j)  qorin  pardasi  bilan  qoplangan  organlar  (siydik  pufagi,  chambar  ichakning 

yuqoriga  ko‘tariluvchi  va  pastga  tushuvchi  bo‘limi,  ko‘richak);  z)  qorin  pardasi  ortida 




 

joylashgan  organlar  (buyrak,  siydik  yo‘li,  me'da  osti  bezi,  prostata  bezi  fiksatsiyasi 



buzilganda); i) me'da, taloq, o‘t pufagi, Mekkel divertikuli. 

Bo‘rtib  chiqadigan  xaltacha  churra  ichidagi  organ  va  churra  darvozalari  vaziyati 

o‘rtasidagi nisbatni hisobga olish amaliy jihatdan ahamiyatlidir. Xaltacha qorin devorin-

ing  yuqorisiga  kirgan,  biroq  uning  qatlamlari  orasiga  surilib  ulgurmagan  boshlang‘ich 

churra; kanal churrasi va teri ostiga o‘tgan to‘liq churra farq qilinadi. 

Ba'zan churra xaltachasi ayrim muskul va fassial qatlamlar orasidan oraliq yoki in-

terstitsial churra ko‘rinishida yo‘l soladi, teri ostidan emas, balki muskul yoki aponevroz 

ostidan chiqadi. 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin