Амалий машулот б´йича дарс ´тиш


Qorin  churralari  etiologiyasi  va  patogenezi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#45707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Amaliy mashgulot. Qorin churralari

Qorin  churralari  etiologiyasi  va  patogenezi.  Churralar  mahalliy  va  umumiy  xa-

rakterdagi  sabablardan  hosil  bo‘lishi  mumkin,  moyil  qiladigan  va  keltirib  chiqaradigan 

turlarga bo‘linadi.  

Churralar  hosil  bo‘lishining  moyillik  kiladigan  sabablariga  churra  eng  ko‘p  hosil 

bo‘ladigan joylarda qorin devori tuzilishining mahalliy anatomik xususiyatlari kiradi. Bu 

kuchsiz joylar yoki «churra  nuqtalari» quyidagilardir: a) chov kanali zonasi; b) sondagi 

oval  chuqurcha  zonasi;  v)  qorin  oq  chizig‘i  aponevrozining  kindik  ustidagi  va  kindik 

oldidagi bo‘limi; g) Spigeli chizig‘i zonasi; d) Pti uchburchagi zonasi; ye) Gryunfeld — 

Lesgaft to‘rtburchagi zonasi; j) yopqich teshik zonasi. 

Qorin  devori  tuzilishining  anatomik  xususiyatlari  ayollarda  va  erkaklarda  turli  xil 

churralarning  taqsimlanishiga  ham  ta'sir  ko‘rsatadi.  Son  churralarining  ko‘p  uchrashi 

ayollarda chanoq halqasi enining serbarligi bilan bog‘liq. Erkaklarda son churralarining 

ko‘p  uchrashi  ularda  chov  halqasining  birmuncha  kengligi  bilan  izohlanadi.  Embrion 

davrida  u  orqali  tuxum  yorg‘oqqa  tushadi  va  urug‘  kanalchasi  (tizimchasi)dan  o‘tadi, 

shuningdek  chov  yorig‘i  tuzilishining  ham  o‘ziga  xos  xususiyati  (uchburchak)  bor. 

Ayollarda chov oraliri yoriqsimon shaklga ega. 

Umumiy  moyillik  qiladigan  omillarga:  irsiyat,  yosh  (umrining  birinchi  yoshidagi 

bolalarda ko‘krak devori kuchsiz, keksalarda qorin devori to‘qimalari atrofiyaga  uchra-

gan bo‘ladi), jins (ayollarda chanoq va son halqasining tuzilish xususiyatlari, erkaklarda 

chovning  kuchsizligi),  gavda  tuzilishining  xususiyatlari,  semiz-oriqlik,  tez-tez  tug‘ish, 

qorin  devori  shikastlari,  operatsiyadan  keyingi  chandiqlar,  qorin  devori  nervlari  falajini 

kiritadilar. 

Bu umumiy omillar qorin devorining mahalliy zaiflanib qolishiga olib keladi. 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin