Амалий машулот б´йича дарс ´тиш



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#45707
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Amaliy mashgulot. Qorin churralari

Sirpanuvchan  churralar.  Bu  churra  xaltchasining  devorlaridan  biri  qorin  pardasi 

bilan qisman qoplangan (masalan, qovuq, yuqoriga ko‘tariladigan va pastga tushadigan 

ichak) churralardir. Churra xaltachasi kamdan-kam xollarda batamom bo‘lmaydi. 



 

Yo‘g‘on  ichakning  sirpanuvchan  churralari  aksariyat  qiyshiq  chov  churralarida, 



qovuqniki esa — to‘g‘ri chov churralarida bo‘ladi. Sirpanuvchan churralar hamma chov 

churralarining 1—1,5 foizini tashqil qiladi. Ular tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. 

 

Yo‘g‘on  ichakning  sirpanuvchan  churrasining  patognomonik  simptomlari 



bo‘lmaydi. Odatda bu yoshi ulg‘aygan va keksa odamlardagi churra darvozasi keng kat-

ta churradir. 

Diagnostikasiga yo‘g‘on ichakni rentgenda tekshirish yordam beradi. 

Qovuqning  sirpanuvchan  churralarida  siydik  chiqarish  buziladi  yoki  siydik  ikki 

bo‘lib  chiqariladi  (avvaliga  bemor  kovug‘ini  bo‘shatadi,  keyin  churra  bo‘rtmasini 

bosganidan  keyin  qaytadan  siydik  chiqarish  mayli  paydo  bo‘ladi  va  bemor  yana  siya 

boshlaydi). 

Qovuqning  sirpanuvchan  churrasiga  shubxa  qilinganda  qovuqni  kateterlash  va  sis-

tografiya qilish zarur. 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin