Амалий машулот б´йича дарс ´тиш


Asoratlanmagan  churralarni  davolash



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#45707
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Amaliy mashgulot. Qorin churralari

Asoratlanmagan  churralarni  davolash.  Churralarni  faqat  operatsiya  usuli  bilan 

radikal  davolash  mumkin.  Churralarning  hamma  turlarida  operatsiya  qilish  prinsipi  bir 

xil. Uning vazifasi: 

a) churra xaltachasini churra pardalaridan ajratish; 

b)  xaltachani  ochish,  bitishmadan  churra  ichidagi  a'zoni  ozod  qilish  va  qorin 

bo‘shlig‘iga kiritish; 

v)  churra  xaltachasini  tortib  olish,  uni  og‘zi  satxida  —  bo‘ynida  tikish  va  qirqib 

tashlash; 

g) churra darvozalarini choklar bilan yopishdan iborat. 

Churra devorlarini mahalliy bir xil turdagi to‘qimalar tikish yo‘li bilan yopish usul-

lari lozim bo‘lgan. 

Operatsiyadan  keyingi  davrda  yo‘tal,  bronxit,  zotiljam,  qorin  dam  bo‘lishining 

oldini  olish  muxim  ahamiyatga  ega  —  nafas  gimnastikasi,  erta  o‘rindan  turish  (2—4- 

kuni),  2—3  xafta  mobaynida  dam  olish,  2—3  xafta  mobaynida  profilaktik  dam  olish 

maqsadga muvofiq. 

Operatsiyaga monelik qiladigan xollar: yurak va nafas yetishmovchiligi bo‘lgan ju-

da  keksalik,  kon  aylanishi  dekompensatsiya  bo‘lgan  yurak  nuqsoni,  III  boskichdagi 

o‘pka sili, jigar va buyrakning og‘ir kasalliklari va boshqa tuzalmaydigan kasalliklar. 

Asoratlanmagan churralarni konservativ davolash bandaj taqishni tayinlashdan ibo-

rat.  Bandaj  korset  va  belbog‘lar  shaklida  bo‘ladi  yoki  qoringa  mahkam  qilib  tasma 

bog‘lanadi. 

Bandaj  taqish  churra  ichida  chandiqlar,  bitishmalar  hosil  bo‘lishiga  sabab  bo‘ladi, 

ba'zan  terini  ta'sirlantiradi  va  ichki  organlarni  chiqib  kolishdan  va  churrani  qisilishdan 

hamisha ham saqlab qola olmaydi. 

Qorin churralari profilaktikasi quyidagicha o‘tkaziladi: 

1)  qorin  devori  muskullari  mustahkamlanadi,  buning  uchun  gimnastika 

mashg‘ulotlari, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi; 

2)  ishda churraga sabab bo‘ladigan ortiqcha jismoniy zo‘riqishlardan saqlanish  lo-

zim, shu maqsadda mehnatni mexanizatsiyalash, uni  muxofaza qilish, ishchilarni jismo-

niy ishlarga to‘g‘ri tanlash lozim; 




 

10 


3) xomilador ayollar xomiladorlikning oxirgi oylarida belbog‘-bandaj taqib yurish-

lari kerak, tug‘ruqdan keyin esa qorinni massaj qilish va qorin muskullarini mustaxkam-

lash uchun maxsus mashqlar tavsiya etiladi; 

4)  bolalarning  gigiena,  ovqatlanish  qoidalariga  rioya  qilishi,  ularda  ichak  faoliyati, 

nafas organlari va siydik chiqarishning normal o‘tishini kuzatib borish, qorin devoridagi 

nuqsonlarni aniqlash maqsadida ularni qunt bilan sinchiklab tekshirish, bordi-yu, churra 

aniqlansa, bolalikda operatsiya usulida olib tashlash; 

5) yog‘ bosishga va ayniqsa undan keyin qattiq oriqlab ketishga qarshi kurashish; 

6) operatsiyadan keyin churralarning profilaktikasi jaroxat yiringlanishining profil-

aktikasidan  iborat,  buning  uchun  qorin  jaroxati  tamponada  qilinadi,  laparotomiyani 

boshdan kechirgan shaxslarga 2—4 xafta muddatga dam olish beriladi. 

Jismoniy  ishga  qaytishda  asta-sekinlik  prinsipiga  amal  qilish  va  qorin  devori 

muskullarini chiniqtirish zarur. 

 

4.2.Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar 



 

 

«MIYa XUJMII» USULINI QO‘LLASh 



Usul darsda xar bir talabani katnashishini ta'minlaydi, ukituvchi guguxdagi xamma 

talabalar bilan ishlaydi. 

 Talabalar 2 guruxga bulinadi. Ukituvchi  xar bir  guruxga anik savol beradi. Masa-

lan,  bemorda  chap  chov  soxasida  kattik  ogrik  turib,  xosila  koringa  tugrilanmay  koldi. 

Nima  kasallik  xakida  uylash  mumkin.  Shu  xolat  sabablarini  kursating.  Shu  xolat  diag-

nostikasi, davolash buyicha uzini karashini suraladi.  

Bu  usul  talaba  fikrini  tugriligini  tulik  tekshirish  imkoniyatini  beradi  va  masalani 

optimal xal kilish, xamada uz karashlarini kat'iy ximoya kilishni urgatadi. 

Usul yordamida sikl boshida talabalarni bilimini baxolash va ogzaki surov utkazish 

mumkin. 


Oxirida  ukituvchi  ikala  gugux  xamma  javoblarini  umumlashtirib,  xammada  tulik 

bilimni shakllantirishga muvafak buladi. 

 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin