Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


-mavzu: FILOLOGIK KOMPARATIVISTIKA



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

1-mavzu:

FILOLOGIK KOMPARATIVISTIKA:

MAZMUNI VA MOHIYATI

Reja:

1.1. Filologik komparativistika haqida tushuncha

1.2. Adabiy komparativistikaga xos xususiyatlar

1.3. Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatida



Tayanch tushunchalar: komparativistika,  qiyosiy  adabiyot-

shunoslik,  qiyosiy-tarixiy  metod,  D.Dyurishin,  A.N.Veselovskiy, 

N.Konrad, I.Neupokoyeva, makro va mikrokomparativistika.

Komparativistika (lot.comparativus – qiyosiy) turli xil ja­

rayonlarning qiyosiy o‘rganilishiga asoslangan fan yo‘nalishi 

bo‘lib, boshqa sohalar qatorida til va adabiyotni ham qamrab 

oladi.

Mazkur  termin  birinchi  marta  Fransiyada  («littérature 



comparée», 1817), keyin Angliyada («Comparative literature» 

1886), Germaniyada (jurnal nomlanishida «Zeitschrift für ver­

gleichende Literaturgeschichte», 1887–1910), Rossiyada (1889 

yil A.N.Veselovskiy tadqiqotlarida) qo‘llanila boshlangan.

Filologik komparativistika til va adabiyot sohasida olib bo­

riladigan  qiyosiy  tadqiqotlardir.  Shu  jihatdan  filologik  kom­

parativistika ikkita katta guruhga ajratiladi: 

1. Lingvistik komparativistika, ya’ni qiyosiy tilshunoslik.

2. Adabiy komparativistika – qiyosiy adabiyotshunoslik.

Lingvistik komparativistika, bir-biriga yaqin bo‘lgan va ya­

qin bo‘lmagan tillarni turli yo‘nalishlarda qiyosan o‘rganishni 

maqsad qiladi. «Tillarni qiyosiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish, 

ularga  tarixiylik  jihatidan  yondashish  kabilar  qiyosiy-tarixiy 

tilshunoslikning maydonga kelishiga, tilshunoslikning alohi­

da, mustaqil fan sifatida qat’iy tan olinishiga zamin yaratdi»

1



Adabiy komparativistika barcha adabiy hodisalarning mush­

tarak va o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi va ular uchun umumiy 

bo‘lgan qonuniyatlarning yuzaga kelishiga zamin yaratadi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin