Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Fanning vazifasi qiyosiy-tarixiy metod va uning asoschilari, 

asosiy  tushunchalari;  makro  va  mikrokomparativistika;  Sharq 

va  G‘arb  adabiy  aloqalari,  tarjima  tanqidi,  badiiy  matn ning  qi­

yosiy  tahlili  mezonlari  kabilar  haqida  nazariy  bilim  berish  va 

tadqiqotchilarda  adabiy  hodisalarni  qiyoslash  va  chog‘ishtirish 

ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.

Дюришин Д. Теория сравнительного изучения литературы. – М.: Прогресс, 1979. – С.69.



O‘quv qo‘llanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va 

adabiyoti universiteti Ilmiy kengashining 2019-yil 28-avgustdagi 1-sonli 

qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.



4

5

Mazkur fanni o‘zlashtirish davomida talaba, magistr va tad-



qiqotchilar:

– qiyosiy tadqiq metodologiyasi va uning asosiy tushuncha­

larini izohlay olishi;

–  qiyosiy  adabiyotshunoslikka  oid  asosiy  adabiyotlarni  va 

ular ning qisqacha mazmunini bilishi;

–  tarjima,  tarjima  turlari,  tarjima  tanqidi  haqida  umumiy 

tasavvurga,  original  va  tarjimani  qiyoslashga  oid  muayyan  bi-

limga ega bo‘lishi; 

– qiyoslash orqali adabiy hodisalarning umumiy va xos to­

monlarini  aniqlash,  poetika,  adabiy  aloqalar  va  adabiy  ta’sir 

ma salalarini tahlil qilish bo‘yicha malakalarni egallashi lozim. 

Qiyosiy adabiyotshunoslik, badiiy asarlarni qiyosan o‘rganish 

metodologiyasi va tamoyillari bo‘yicha Yevropa, Rossiyada juda 

ko‘p darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Ular adabiy kom­

parativistikaning  turli  xil  masalalariga  bag‘ishlangan.  Ammo 

o‘zbek adabiyotshunosligida bu borada hanuz darslik yaratilma­

gan. Shuningdek, qiyoslash metodining yaxlit nazariyasi, meto-

dologiyasi va metodikasi ishlab chiqilmagan. Qiyoslash usulining 

tahlil, sintez, induksiya, deduksiya va hokazolarga munosabati va 

o‘zaro aloqasi borasida muayyan to‘xtamga kelinmagan. Nimani, 

qachon, nima bilan, nima uchun qiyoslasa bo‘ladi, kabi savollarga 

o‘zbek adabiyotshunosligining zamonaviy nazariyasi bizga to‘liq 

va aniq javoblar bermagan. 

D.Bahronovaning  ispan  tilidagi,  A.Qosimov,  A.Hamroqulov, 

S.Xo‘jayevlar birgalikda tayyorlagan o‘zbek tilidagi o‘quv qo‘llan­

malarini bu boradagi dastlabki qadam sifatida baholash mumkin

1



Mazkur  qo‘llanmalarda  sohaning  taraqqiyot  bosqichlari,  asosiy 



adabiy aloqa turlari hamda qiyosiy tahlil masalalari yoritilgan. 

Bakhronova D. Literatura comparada. – Tashkent: Turon, 2019; Qosimov A., Hamroqulov 



A., Xo‘jayev S. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Akademnashr, 2019.

O‘zbekistonda  har  yili  «Qiyosiy  adabiyotshunoslik,  cho-

g‘ish tirma  tilshunoslik  va  tarjimashunoslik»  (10.00.06)  ixtisos­

ligi  bo‘yicha  o‘nlab  ilmiy  tadqiqotlar  qilinayotganiga  qaramay, 

o‘quv-metodik manba yaratish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoq­

da. Natijada qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasini




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin