Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatida
Fan tarixidan ma’lumki, qiyosiy adabiyotshunoslik haqida
gi dastlabki nazariy qarashlar adabiy jarayonlarning o‘xshash
va farqli tomonlarini izohlash ehtiyoji tufayli XIX asrning
boshlarida Yevropada, XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya
da shakllangan
1
.
Qiyosiy tadqiqotlar dastlab tilshunoslik yo‘nalishida olib
borilgan va keyinchalik adabiyotshunoslikka ham o‘z ta’sirini
o‘tkazgan. «Qiyosiy-tarixiy metod rivojida Frans Bopp, Ras
mus Rask, Yakob Grimm kabi Yevropa tilshunoslarining alohi
da hissasi bo‘lib, ular novator tilshunoslar sifatida maydonga
chiqdilar»
2
.
Ilk nazariy komparativistik qarashlar Germaniyada shakl-
langan. Nemis tarixchisi I.G.Gerder (1744-1803) va buyuk
adib I.V.Gyote (1749-1832) tadqiqotlari, ayrim asarlari aynan
qiyosiy yo‘nalishda yaratilgan. I.G.Gerder birinchilardan bo‘lib
e’tiborini Yevropa xalqlari madaniy hayotidagi umumiy jihat
larga qaratadi. Uning g‘oyalarini davom ettirgan buyuk adib
I.V.Gyote esa fanga «jahon adabiyoti» tushunchasini olib kira
di. O‘zining «G‘arb-u Sharq devoni»da Sharq va G‘arb madani
yatiga xos mushtarak jihatlarni yoritadi.
Rus sharqshunosligida qiyosiy-tarixiy metod rus tarixchisi
va nazariyotchisi A.N.Veselovskiy (1838–1906) nomi bilan
bog‘liq. Olim mazkur atamani birinchi bo‘lib fanda muoma-
laga kiritgan. «Qiyosiy-tarixiy metod umumjahon adabiy jara-
yonini tadqiq etganda ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning rivojla-
nish qonuniyatlariga asoslanadi. Chunki tarixiy jarayon har bir
geografik mintaqa doirasida o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgani
1
Batafsil qarang: Академические школы в литературоведении. – М., 1975.
2
Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 2010. – Б.81.
12
13
holda, bir qator umumiy qonuniyatlarga ham egaki, aynan shu
qonuniyatlardan kelib chiqib, turli xalqlar adabiyotlarini qi
yosiy aspektda o‘rganish mumkin»
1
Shuning uchun, dastlabki
tadqiqotlaridayoq A.N.Veselovskiy masalaga tarixiylik prinsipi
asosida yondashgan. Masalan, nemis olimi G.Flotoning «Ilo-
hiy komediya» haqidagi maqolasiga(1859) taqrizida, yozuv-
chini zamondan ayri holda tasavvur qilish qiyinligi, Dante
ijodiy merosi faqat Danteniki emas, bunda davrning ham ro
lini anglash joizligi haqida fikr bildirib, G.Flotoning ayrim qa
rashlarini tanqid qiladi.
2
Uning nazarida
Dostları ilə paylaş: |