6-mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va ularga doir hisoblashishlarning hisobi


Asosiy xo‘jalik faoliyatidan daromadlar



Yüklə 186,84 Kb.
səhifə3/4
tarix19.04.2023
ölçüsü186,84 Kb.
#100527
1   2   3   4
6-mavzu slayd

Asosiy xo‘jalik faoliyatidan daromadlar — xo‘jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyati davri davomida vujudga keladigan xususiy kapitalni ko‘payishiga olib keladigan tushum, bundan mulk egalarining xususiy kapitalga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlar mustasno. Joriy narxlardagi qiymat — bu aktiv realizatsiya qilinishi yoki majburiyat to‘lanishi mumkin bo‘lgan summa. Ko‘pchilik hollarda tushum pul mablag‘i yoki uning ekvivalentlari shaklida bo‘ladi. Daromad summasi — bu olingan yoki olinishi kerak bo‘lgan pul mablag‘i yoki pul ekvivalentlaridan iborat.


Vaqtinchalik foiz stavkasi quyidagi tushunchalardan biri bilan aniq belgilanadi:
Tovarlarni sotish yoki xizmat ko‘rsatish joriy narxiga moliyaviy vositaning nominal qiymatini diskontlaydigan foiz stavkasi.
Kredit reytingi bir xil bo‘lgan emitentning o‘xshash moliyaviy aktivlari bo‘yicha ustuvor stavka;

Quyidagi shartlar bajarilganda tovarlarni realizatsiyasidan daromad tan olinadi: 1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tovarlarga egalik qilishning xatarlari va afzalliklarining salmoqli qismini xaridorga topshirganda; 2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt odatda mulkka egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan darajadagi rahbarlik davomiyligini ham, sotilgan tovarlarni nazorat qilish samaradorligini ham saqlab qolmaganda; 3. Daromad summasini yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholash mumkin bo‘lganda; 4. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bitim bilan bog‘liq iqtisodiy naf olishi ehtimoli mavjud bo‘lganda; 5. Bitim bilan bog‘liq qabul qilingan yoki kutilayotgan xarajatlarni yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholash mumkin bo‘lganda

Bitim natijasi esa quyidagi shartlarni bajarish bo‘yicha aniq belgilanishi mumkin: 1. Daromad summasini; 2. Bitim bilan bog‘liq daromadlarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tushishi ehtimoli mavjud; 3. Bitimning tugallanish bosqichi buxgalteriya balansi hisobot sanasigacha yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholanadi; 4. Bitimni bajarishda amalga oshirilgan xarajatlar va uni tugallash bo‘yicha xarajatlar yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholanishi mumkin bo‘lganda.


Yüklə 186,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin