6-mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va ularga doir hisoblashishlarning hisobi



Yüklə 186,84 Kb.
səhifə2/4
tarix19.04.2023
ölçüsü186,84 Kb.
#100527
1   2   3   4
6-mavzu slayd

Tugallanish foizi usuli qo‘llanilganda dastlab yaxlit qurilish ob’ektining tugallanish foizi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich jami ketgan sarf-xarajatlarni qurilish ob’ektining smeta tannarxiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi daromad uning jami smeta bo‘yicha kelishuv qiymatini (QQS siz) tugallanish foiziga ko‘paytirish va 100 foizga bo‘lish orqali topiladi.

Misol. Aytaylik, qurilish ob’ektining shartnoma qiymati 60000000 so‘m, shundan QQS (20 %) 10000000 so‘m. Demak, qurilish obekti bo‘yicha sof tushumning shartnoma qiymati 50000000 so‘m (60000000 – 10000000). Qurilish ob’ektining smeta bo‘yicha tannarxi 35000000 so‘m. Qurilishning tugallangan qismining haqiqiy tannarxi 28000000 so’m

Yuqoridagi ma’lumotlarga ko’ra: 1. Qurilishning tugallanish foizi – 80,0 % (28000000 / 35000000); 2. Qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi yalpi tushum – 48000000 so‘m (60000000 * 80 % / 100 %); 3. Qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi sof tushum (daromad) - 40000000 so‘m (50000000 * 80 % / 100 %); 4. Qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi QQS summasi 8000000 so‘m (48000000- 40000000).

Daromadlarni tugallanish foizi asosida tan olish usulida qurilishning tugallangan qismining qiymati va tugallanish foizi pudratchi hamda buyurtmachilar tomonidan imzolangan «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjat asosida qurilish tashkilotida bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromad hamda QQS summalariga yuqorida keltirilgan mos ravishdagi buxgalteriya yozuvlari beriladi.

Bosqichli usul qurilish ob’ektining tarkibiy qismlarini bosqichma- bosqich topshirish hollarida qo‘llaniladi. Bu usulni qo‘llashning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qurilish loyihasi va qurilish loyiha-smeta hujjatlarida uning alohida olingan tarkibiy qismlarining shartnoma qiymati hamda smeta tannarxini alohida belgilanganligi hisoblanadi. Bunday holatlarda qurilish ob’ektining alohida olingan tarkibiy qismi (bosqichi)ga doir daromad va tannarx to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» hamda KS-6 shakldagi hisob registrlari bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar asosida qurilish ishining alohida bosqichini bajarishdan olingan daromad va QQS summalariga yuqorida keltirilgan mos ravishdagi buxgalteriya yozuvlari beriladi.


Yüklə 186,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin