6-mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va ularga doir hisoblashishlarning hisobi


Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt quyidagi bandlar bo‘yicha bitimda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan kelishuvga erishgandan so‘ng ishonchli tarzda baholashi mumkin bo‘ladi



Yüklə 186,84 Kb.
səhifə4/4
tarix19.04.2023
ölçüsü186,84 Kb.
#100527
1   2   3   4
6-mavzu slayd

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt quyidagi bandlar bo‘yicha bitimda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan kelishuvga erishgandan so‘ng ishonchli tarzda baholashi mumkin bo‘ladi:


Tomonlarning xizmat ko‘rsatishi va qabul qilishi xususida da’vo qilish kuchiga ega bo‘lgan huquqlari;
Almashtirish ko‘zda tutilayotgan to‘lovlar;
Hisob-kitob usuli va shartlari

Foizlar, royaltilar va boshqa daromadlar keltiruvchi aktivlarni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga foydalanishga berish natijasida olingan daromadlar quyidagi hollarda mazkur BHMSning 21-bandida ko‘rsatilgan asosda tan olinishi lozim:


1. Bitim bilan bog‘liq daromadlarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tushishi ehtimoli mavjud; 2. Daromad summasini yuqori darajadagi ishonchlilik bilan baholash mumkin bo‘lganda.
Daromad quyidagi asosda tan olinadi: 1. Aktivdan olinadigan haqiqiy daromadni hisobga oladigan vaqtinchalik nisbat asosida foiz tan olinadi; 2. Kelishuv shartlariga muvofiq hisoblash asosida royalti tan olinadi; 3. Aksiyadorlarning to‘lovni olish huquqi belgilanganda dividendlar tan olinadi.
Daromadning hisobot davri davomida aks ettirilgan har bir muhim toifasi summasi, shu jumladan quyidagilardan olingan daromadlar: 1. Tovarlar sotishdan; 2. Xizmatlar ko‘rsatishdan; 3. Foizlardan; 4. Royaltidan; 5. Dividendlardan;
Daromad quyidagi shartlarda xaridor mulkka egalik qilish huquqiga ega bo‘lganda tan olinadi: 1. Yetkazib berish amalga oshiriladi; 2. Tovar mavjud bo‘lib, sotishni tan olish paytida xaridorga etkazib berishga tayyor; 3. Xaridor tovarni etkazib berish muddati kechiktirilishi shartlarini alohida tarzda tasdiqlaydi; 4. Oddiy to‘lov shartlarini qo‘llash.

Daromad tovarlarni xaridor tomonidan qabul qilinishi bilan darhol tan olinadi, agarda: — o‘rnatish jarayoni mohiyatan oddiy, masalan, zavodda tekshirilgan telepriyomnikni o‘rnatishda uni faqat qutidan olish va antennaga hamda elektr tarmog‘iga ulash talab qilinadi xolos; — ko‘zdan kechirish faqat shartnoma baholarini uzil-kesil belgilash maqsadidagina amalga oshiriladi, masalan, temir rudasi va shakarni yuklab jo‘natish va h.k.


Yüklə 186,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin